Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Davlat boshqaruvi organlari faoliyatida raqamli texnologiyalar, ochiqlik va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
    27.11.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 noyabrda “2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilingan edi. Farmoyish bilan barcha yo‘nalishlarni qamrab oladigan qator ishchi gruhlar tuzildi. Shulardan biri Davlat boshqaruvi organlari faoliyatida raqamli texnologiyalar, ochiqlik va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish ishchi guruhidir.

    Mazkur Farmoyish bilan ushbu ishchi guruhga Davlat boshqaruvi organlari faoliyatida raqamli texnologiyalar, ochiqlik va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish yuzasidan 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflarni ishlab chiqish belgilangan.

     Shu maqsadda Davlat boshqaruvi organlari faoliyatida raqamli texnologiyalar, ochiqlik va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish uchun Ishchi gruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishni Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Ishchi gruh rahbari Sherzod Shermatov olib bordi.

    Yig‘ilishda Farmoyish bilan belgilangan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi hamda mas’ul vazirlik va idoralardan Ishchi guruhga biriktirilgan a’zolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglandi.

    Yig‘ilish ishtirokchilari kun tartibidagi masalani atroflicha muhokama qilib, bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda, Davlat boshqaruvi organlari faoliyatida raqamli texnologiyalar, ochiqlik va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhi a’zolari tegishli takliflarni ishlab chiqish uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki binosida ishchi sharoit qilindi.

    Farmoyish bilan belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha savolnoma, tarmoq grafigi va taqdimot materiallari loyihalari hamda Ishchi guruh a’zolarining vazifalar taqsimoti ishlab chiqildi. Ishchi guruh tomonidan ishni to‘g‘ri tashkil qilish hamda vazirlik va idoralardan olinadigan ma’lumotlarni bir joyda yig‘ish va ularni qayta ishlash imkonini beruvchi maxsus so‘rovnoma ishlab chiqildi va ishchi guruh a’zolarining foydalanishlari uchun imkoniyat yaratildi.

     

    Manba: Axborot xizmati