Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro tanlov g‘oliblarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
    13.11.2021

    Bugun 13-noyabr kuni AIJ (Artificial Intelligence Journey) nomli Xalqaro konferensiyaning “Data lady” yo‘nalishida ishtirok etgan O‘zbekistonlik o‘quvchi qizlardan iborat terma jamoa vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

    Joriy yil 10-11 noyabr kunlari Moskva shahrida o‘tgan AIJ nomli Xalqaro konferensiya doirasida bo‘lib otgan tanlovda “Data ledi” maxsus nominatsiya yo‘nalishining eng kuchli ayollar jamoasi deb O‘zbekistonning “IT Queens” yosh dasturchilar jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

    G‘oliblarni tantanali kutib olish marosimida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayevlar ishtirok etdi.

    Ma]lumot uchun:

    O‘zbekistonning “IT Queens” yosh dasturchilar jamoasi tarkibida Yunusobod tumanidagi 257-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari Nasrullina Lana, Koroleva Anastasiya, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 279-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Yuliana Lutsenko hamda Sergeli tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari Badyan Kseniya, Badyan Anastasiyalar ishtirok etgan.

     

    Manba: Axborot xizmati