Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amity universitetida “Career Fest – 2021” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
    10.11.2021

    Bugungi kunda yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlash masalalariga katta e'tibor berilmoqda. Ularga jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish va tashabbus ko‘rsatib mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, samarali iqtisodiy islohotlar hamda intellektual salohiyat bilan bog‘liq bo‘lgan sohalardagi bir qator ijobiy o‘zgarishlar natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.

    Bugun, 10-noyabr kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti hududida oliygoh talabalari uchun juda katta imkoniyatlarni taqdim etuvchi “Career Fest - 2021” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yarmarkani tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad, yoshlarni bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirib, ularni kelgusida ish bilan ta’minlash sanaladi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “O‘zbektelekom” AK, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park), “UZINFOCOM Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, “UzDigital TV” MChJ, AKFA GROUP, Huawei, Express24, AT “Hamkorbank”, “Unicon.uz” DUK, “Artel”, “United Distribution”, “Asia Alliance Bank”, Alif Tech, Golden House, “Tenge bank”, “Datasite Technology”, “Makro”, AT “Xalq Banki”,  Raddison Blu, ATB “Kapitalbank”, PepsiCo hamda boshqa yirik va mashhur kompaniyalar ishtirok etishdi.

    Tadbir davomida yirik korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish oʻrinlari va ulardagi yosh kadrlar uchun yaratilgan  keng qamrovli imkoniyatlar tanishtirildi. Talabalar va barcha tashrif buyuruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish bilan bir qatorda, korxona va tashkilotlarda yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar.

     

    Manba: Axborot xizmati