eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Bosh maqsad – aholiga sifatli telekommunikatsiya va internet xizmatlarni ko‘rsatish
    18.09.2021

    Ijtimoiy tamoqlarda O‘zbekistonda Internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida juda past o‘rinlarda turishi to‘g‘risida 2019 yilning 29 may kunida https://techblog.comsoc.org  saytida chop etilgan  eski ma’lumoti tarqatildi.

    Shundan kelib chiqib, bugun kundagi holat va olib borilayotgan ishlarga  to‘htalib o‘tsak.

    Bugungi kunda Raqamli islohotlarning bosh maqsadlaridan biri – aholini tezkor ravishda axborot bilan ta’minlash va bilim olish yo‘lida sifatli telekommunikatsiya va internet xizmatlarini ko‘rsatishdir.

    Shu maqsadda yurtimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2016-yilda Respublika bo‘yicha 22,2 ming kilometr optik  tolali liniyalar o‘tkazilgan bo‘lsa, 2021-yilda esa ushbu ko‘rsatqich 68.6 ming kilometrgacha yetkazildi. 2021-yil oxiriga qadar 50 ming kilometr optik tolali liniyalarni o‘tkazish va umumiy uzunligini 118,6 ming kilometrgacha yetkazilishi rejalashtirilgan.

    Keng polosali portlarni o‘rnatish orqali keng polosali internet aloqaning ommabopligi ham oshirilib kelinmoqda. Jumladan, 2016-yilda o‘rnatilgan keng polosali portlarning umumiy soni 800 mingdan oshmagan bo‘lsa, 2020-yil natijalari bo‘yicha ushbu ko‘rsatgich 3 milliongacha, ya’ni 3 barovar o‘sgan. Shuning natijasida 2,9 mln uy xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlarining keng polosali Internetga ulanish imkoniyati yaratildi. 2023-yilga kelib o‘rnatilgan keng polosali portlaning umumiy sonini 5,8 milliongacha yetkazilishi rejalashtirilgan.

    Aloqa kanallarning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati ham izchil o‘sib kelinmoqda. Jumladan, 2011-yilda internet-kanallarning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 7,8 Gbit/s ni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yil natijalariga ko‘ra ushbu ko‘rsatqich 1 200 Gbit/s ga teng. 2021-yil 1-oktyabrga qadar xalqaro internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik imkoniyatini 1 200 Gbit/s.dan 1 800 Gbit/s.gacha kengaytirishni, 2023-yil yakuniga qadar esa 4 500 Gbit/s.ga oshirish va hududlararo magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyatini viloyatlar darajasida 800 Gbit/s. gacha oshirishni belgilangan.

    O‘z navbatida, Internet xizmatlari narxlari ham pasayib kelinmoqda. Jumladan, so‘nggi o‘n yil ichida provayderlar uchun tashqi kanallarining xizmatlari uchun narxlari 30 barovarga pasaydi, ya’ni 2011-yilda 939 816 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yil may oyi holatiga ko‘ra, 32 ming so‘mni tashkil etadi.  Shu bois Cable.co.uk portali natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Internet arzonligi bo‘yicha jahondagi 230 mamlakat orasida 21-o‘rinni egallamoqda.

    Respublikamizning telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bosh maqsadlaridan biri – ijtimoiy obyektlarni yuqori tezligi internet aloqa bilan ta’minlash.

    Respublikamizning telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bosh maqsadlaridan biri – ijtimoiy obyektlarni yuqori tezlikdagi internet aloqa bilan ta’minlash. Hozirgi kunda xalq ta’limi obektlarining 9 736 tasi (95 foiz), mahalla fuqarolar yig‘inglarning 8 485 tasi (92 foiz) militsiya tayanch punktlarning 3 798 tasi (60 foiz) hamda barcha maktabgacha ta’lim va tibbiyot muasassalari yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bilan ta’minlangan. Joriy yil oxiriga qadar barcha ijtimoiy obektlarni yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

    Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri – mobil aloqa xizmatlaridir. Shu maqsadda yurtimizda mobil aloqa tayanch stansiyalarining umumiy sonini ko‘paytirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2020-yilda tayanch stansiyalarining umumiy soni 31 740 tani tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib ushbu ko‘rsatkich 37 484 tani tashkil etmoqda.

    Bu esa, o‘z navbatiga mobil aloqa abonentlari sonining o‘sishiga zamin yaratmoqda. Hozirgi kundagi natijalariga ko‘ra mobil aloqa foydalanuvchilarining soni 27,5 millionga, mobil internet foydalanuvchilar soni esa 22,6 millionga yetgan.

    Mobil aloqani rivojlantirish muhim yo‘nalishlaridan biri – izchil ravishda modernizatsiya ishlarini amalga oshirishdir. Taʼkidlash kerakki, 2020-yilga qadar, asosan, telefon xizmatlarini koʻrsatuvchi 2G mobil tarmoqlarini kengaytirish vazifasi bajarilgan boʻlsa, hozir tarmoq qamrovini oshirish boʻyicha loyihalar 3G/4G texnologiyalariga asoslanmoqda. Xususan, 2020-yilda 3 ming 600 ta 2G baza stansiya 3G/4G standartiga modernizatsiya qilingan.

    Eng ilgʻor texnologik ishlanmalarni joriy etishga ham katta eʼtibor qaratildi. 2019-yil sentyabrdan ikkita mahalliy mobil operator - “UZMOBILE” hamda “UCELL” 5G texnologiyasini test sinovidan oʻtkazishni boshlagan va bugungi kunda Toshkent shahrining markazlaridan biri – Tashkent City hududida UCell kompaniyasi tomonidan 5G-aloqasi ishga tushurilgan.

    Ikki yil ichida mobil aloqani rivojlantishga qaratilgan ustuvor vazifalar:

    • Aholining mobil internet bilan qamrovini 95 foizgacha yetkazish;
    • 18 ming km. avtomobil yo‘llari xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini mobil aloqa tarmoqlari bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash;
    • barcha aholi maskanlarini kamida 10 Mbit/s. tezlikdagi internet tarmog‘iga keng polosali ulanish bilan qamrab olish;
    • barcha viloyatlar markazlarida beshinchi avlod tarmoqlarini joriy etishni ko‘zlagan holda mobil aloqa tarmoqlarini yanada kengaytirish va modernizatsiya qilish, shuningdek, olis va yetib borish qiyin bo‘lgan aholi maskanlarini mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrab olish.

     

    O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zamonaviy yuqori tezlikdagi va ishonchli telekommunikatsiya tarmog‘i zarur. Shuni inobatga olgan holda 2020-yil oktabr oyida “Jizzah” erkin iqtisodiy zonasida Koreya Respublikasi hamkorlari bilan birgalikda yiliga 50 ming kilometr quvvatiga teng optik tolali kabel mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan «Global Optical Communication Uzbekistan» («GOC-UZ») MChJ Qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. Shunday qilib, respublikamiz nafaqat o‘z ehtiyojlarni qondirishga, ishlab chiqarayotgan mahsulotni eksport qilishga ham erishdi.

    Yildan-yilga o‘sib kelayotgan telekommunikatsiya quvvatlari, o‘z navbatida, ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash quvvatlarni oshirishini ham talab qilmoqda. Shu maqsadda respublikamizda 5 petabayt sig‘imli ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazi ishga tushirildi. Joriy yil yakuniga qadar 25 petabayt sig‘imiga ega qo‘shimcha data-markazlarni ishga tushirilishi belgilangan.

    Manba: Axborot xizmati