Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sudyalarning kasbga munosibligini baholovchi elektron dastur ishga tushirildi
    20.08.2021

    Mamlakatimizda sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, malakali kadrlarni tanlash, sudyalik kasbiga tayyorlash va tayinlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

    Prezidentimizning “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” farmoniga muvofiq sudyalik lavozimlariga munosib kadrlarni tanlash va tayinlashning yangi tartibi joriy etilgandi. Bugungi kunda sudyalik lavozimiga tanlash va tayinlashga oid ochiq tanlovlarga axborot texnologiyalarini tatbiq etish yo‘lga qo‘yildi. Natijada inson omili keskin cheklanib,  tanlovni bevosita va bilvosita (onlayn tarzda) kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

    Shu ilan birga, sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik portreti bo‘yicha kasbga munosibligini baholashga ko‘maklashuvchi elektron dastur ishlab chiqilib, sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi va to‘liq ishga tushirildi.

     “Psixologik test” elektron dasturi yordamida nomzodning qat’iyligi, bosiqligi, jizzakiligi, stressga chidamliligi, korrupsiya, alkogolizmga moyilligi va boshqa xususiyatlari aniqlanadi. Test natijasiga ko‘ra berilgan xulosa nomzodning sudyalik lavozimiga tayinlanishida alohida e’tiborga olinadi.

     Birinchi yarim yillikda mazkur yangi tartib va ochiq tanlov asosida 202 nafar nomzod (yoki barcha nomzodlarning 72,4 foizi) sudyalik lavozimiga tayinlandi.

     

    Manba: Axborot xizmati