Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent va Nurafshon shaharlarida “O‘zbektelekom” AK Milliy operatorining sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislari ochildi
    06.08.2021

    Bugun, 6-avgust kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatining markazi – Nurafshon shahrida “O‘zbektelekom” AK Milliy operatorining sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislari ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov qatnashdi.

    Tadbirlar davomida ochilish qatnashchilari yangi va zamonaviy ofislar bilan tanishtirildi, shuningdek, ularga milliy operator xizmatlaridan foydalanish tartiblari tushuntirildi.

    Bunday ofislar birinchi bo‘lib, Andijon shahrida o‘z faoliyatini boshlagan va bugungi kunda respublika bo‘ylab modernizatsiya va takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ushbu zamonaviy ofislarning ochilishi mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida shahar aholisi uchun munosib tuhfa bo‘ldi.

    Bugungi kunda “O‘zbektelekom” AK tomonidan butun mamlakat bo‘ylab sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarini modernizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida ko‘plab shaharlarda kompaniyaning yangilangan ofislari o‘z eshiklarini ochdi. Yangi sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarni rekonstruksiya qilish loyihasining asosiy vazifasi - ergonomik va qulay ofislar qurish orqali kompaniya abonentlari uchun barcha shart-sharoit yaratishdir. Endilikda ular kompaniyaning barcha xizmatlarini bir joyning o‘zida tez va qulay tarzda olishlari mumkin.

    - Bugungi kunda davlatimiz siyosatining strategik maqsadi bu - O‘zbekistonni rivojlantirishning yangi bosqichiga, ya’ni raqamli hukumatga o‘tish va raqamli jamiyat, mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotini ta’minlash, fuqarolarning turmush tarzini yaxshilash, insonlarning ehtiyojlari va erkin rivojlanishini qondirish uchun keng imkoniyatlar yaratish, qadriyatlarga asoslangan rivojlanish modelini amalga oshirishdir. Shu maqsadda Prezidentimiz tashabbusi bilan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilinib, uning asosiy yo‘nalishlaridan biri davlat va iqtisodiyotni boshqarishni raqamli o‘zgartirish, ularning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishdir. O‘tgan davr ichida biz sezilarli yutuqlarga erishdik. Ko‘plab ijtimoiy loyihalar amalga oshirildi, buning natijasida O‘zbekistonning eng chekka nuqtalarida yashovchi aholi ham endi yuqori tezlikdagi Internet va mobil aloqa xizmatlaridan bemalol foydalanishlari mumkin. Bu borada mamlakatimizning milliy operatori tomonidan ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Modernizatsiyalashgan ofislarning ochilishi ushbu keng ko‘lamli ishlarning davomi bo‘ldi, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov.

    Toshkent markazida ochilgan “O‘zbektelekom” AK ning yangi sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisi Eco Hi-tech uslubida yaratilgan va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Shuningdek, Nurafshon shahrida joylashgan kompaniyaning yangilangan sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisida viloyat aholisi barcha aloqa, bank va davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin, sababi bu yerda “O‘zbekiston pochtasi” AJ, AT “Aloqabank” ofislari faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Yangilangan ofisning afzalliklari viloyat markazi aholisi tomonidan ham yuqori baholandi.

    - Bugun Nurafshon shahrida “O‘zbektelekom” AKning yangi zamonaviy va barcha qulayliklarni o‘z ichiga olgan yangi binosi qad rostladi. Bu shahar aholisi uchun juda yaxshi imkoniyat, chunki hozirda ham aloqa, ham bank, shuningdek pochta xizmatlaridan bir vaqtning o‘zida foydalanishlari mumkin. Avvallari bu yerda eski pochta xizmatlari binosi joylashgan edi, endi esa shahar ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib turuvchi zamonaviy inshoot foydalanishga topshirildi. Buning uchun biz bu loyihani amalga oshirgan barcha mas’ullarga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz, – dedi telekommunikatsiya sohasi faxriysi J. Bo‘tayev.

     

    Manba: Axborot xizmati