Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Amity universitetida qabul jarayoni davom etmoqda
    03.08.2021

    Toshkent shahrida joylashgan Amity universitetiga 2021-2022-o‘quv yili uchun qabul jarayoni davom etmoqda. Joriy yilning 16-avgust kuni uchinchi kirish imtihonlari bo‘lib o'tadi.

    Ushbu universitetda talabalar global ta’lim standartlariga asoslangan kurslarda ta’lim olish, yuqori malakali chet ellik o‘qituvchilardan tahsil olish, chet davlatlar talabalari bilan almashinuv dasturidan foydalanish, O‘zbekistondagi yirik kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritish, yetakchi mutaxassislar tomonidan ma'ruzalar va mahorat darslarida kirish, Sanoat korxonalari va boshqa ko‘plab korxonalarga ekskursiyalarda qatnashish, boshlang‘ich startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi inkubatsiya markazlarida amaliyot o‘tash kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. 

    Hujjatlarni 6-avgustga qadar www.amity.uz sayti orqali onlayn tarzda topshirish mumkin.

    Bitiruvchilarga xalqaro akkreditatsiyaga ega diplom beriladi.

    Murojat uchun:

    Tel.: 71−207−90−06, 71−207−90−07

    Veb-sayt: amity.uz

    E-mail: admission@amity.uz

    Manba: Axborot xizmati