Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 30-iyul – UZINFOCOM tashkil qilingan kun
    30.07.2021

    2002 yil 30-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan UZINFOCOM Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha Yagona Integrator tashkil etilgan edi.

    UZINFOCOM 2021 yilga qadar ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash, tarmoq texnologiyalari, axborot xavfsizligi, dasturiy ta'minot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash, shu jumladan mobil ilovalar va raqamli identifikatsiyalash bo'yicha ekspert tashkilotiga aylandi.

    Elektron hukumat ma'lumotlarini qayta ishlash markazining operatori sifatida Yagona Integrator Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining doimiy ishlashini ta'minlaydi. Bunday hajmdagi ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va saqlash uchun eng yuqori darajadagi uskunalardan foydalaniladi.

    UZINFOCOM portfolio tarkibida turli shakl va miqyosidagi loyihalar mavjud – kichik loyihalardan boshlab milliy darajaga ega yirik tizimlargacha. Ularning har biri o‘ziga xos qiymati va dolzarbligiga ega. Masalan Idoralararo ma'lumotlar almashinuvi platformasi va axborot tizimlari yo‘nalishida o‘n yillik tajribaga ega bo‘lsa-da, Sun'iy intellektga asoslangan biometrik ma'lumotlar yordamida identifikatsiya qilish istiqbolli yo'nalishi yaqin orada barpo etilib rivojlanib kelinmoqda. Hozirda ushbu tizim qator tijorat banklarida sinovdan o'tmoqda.

    Pandemiya davri kompaniyaning birdamlik va jipslash printsiplar asosida favqulodda holat rejimida ishlashga tayyorligi va eng muhimi, berilgan vazifalarni qisqa vaqt ichida samarali bajarishi uchun kuchli sinov muddati bo'ldi. Tezkorlik ravishda Sog'liqni saqlash vazirligi uchun qator axborot tizimlari yo‘lga qo‘yilgan - bemorlarning qaerdaligini kuzatib borish uchun Kasal.uz platformasi, “Raqamli poliklinika” axborot tizimi, aholi uchun karantin rejimida eng dolzarb va muhim xizmatlar ko’rsatilgan Uydaqoling.uz internet manbayi va boshqalar.

    Qonunlarni ishlab chiqish faoliyatini takomillashtirish maqsadida ko‘plab ishlar amalga oshirildi, jumladan qator elektron platformalar ishga tushirildi - normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (project.gov.uz), Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz), Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish va va kelishish tizimi (eqaror. gov.uz). Fuqarolar o'z takliflarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) va Jamoaviy murojaatlar portal (meningfikrim.uz) orqali yuborishlari mumkin.

    Ochiq ma'lumotlarning ommabopligi yuksalib kelmoqda. Shu maqsadda Ochiq ma’lumotlar portali tashkil qilingan (data.gov.uz).  Ma'lumotlar doimiy ravishda yangilanib turadi va ularning dolzarbligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro rivojlanish reytingiga yurtimizning positsiyalariga bevosita ta'sir qiladi.

    UZINFOCOM IT Park rezidentli sifatida kompaniyaga berilgan imtiyozlarni korxonani modernizatsiya qilish va jamoani rivojlantirishga yo‘naltirgan. Loyihalarda ishtirok etadigan xodimlarning soni, shuningdek, loyihalarning soni ham ko'paygan. Qishloq xo'jaligida raqamlashtirish va murakkab uskunalar diagnostikasi laboratoriyasi kabi yangi yo'nalishlar ochildi. Elektron ta'lim, turizm loyihalari va qator sohalarida faol ishlar amalga oshirilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati