Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi
    24.06.2021

    “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filiali tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va murojaatlar tahlili” mavzusidagi o‘quv seminari videokonferensaloqa tizimi orqali o‘tkazildi.

    O‘quv seminarida kompaniya ijroiya apparati va uning tarkibidagi filiallar markaziy apparati, shahar va tuman telekomunikatsiya bog‘lamalarining murojaatlar bo‘yicha mas’ul rahbar va xodimlari ishdan ajralmasdan, karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda ishtirok etdilar.

    Mazkur o‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i J. Po‘latovning “Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini yanada oshirish” hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, talabnomalari va shikoyatlari bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar” mavzularidagi tahliliy va tanqidiy ma’lumotlar asosida tayyorlagan ma’ruzalari tinglandi.

    Seminar ishtirokchilari mavzu bo‘yicha fikr - mulohazalarini bayon qildilar shuningdek, ularning mavzuga doir qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilar tomonidan atroflicha va to‘laqonli javoblar berildi.

    Manba: Axborot xizmati