Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Yoshlar festivali - 2021” doirasida Samarqand viloyatida kibersport musobaqalari bo`lib o`tdi
    14.06.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tayotgan “Yoshlar festivali - 2021” doirasida kibersportning “Counter-Strike”, “FIFA 2020” va “DOTA” turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

    Mazkur musobaqalarda 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar, jumladan umumta`lim maktablari o`quvchilari, oliy ta`lim muassasalari talabalari, uyushmagan yoshlar va boshqa qiziquvchilar ishtirok etdilar.

    Musobaqalar 3 turdagi o`yinlar bo`yicha bo`lib o`tdi. Bular, “Defense of the Ancients” (DotA), “Counter-Strike 1.6” va “FIFA 2020” o`yinlari bo`lib, unda ishtirokchilar soni jami 242 tani, musobaqaga jalb etilgan yoshlar soni esa 600 ga yaqinni tashkil etdi.

    Musobaqaning “FIFA 2020” yo‘nalishida TATU Samarqand filiali “Kompyuter injiniring” fakulteti 3-bosqich talabasi A. Tohirov, “Counter-Strike” yo‘nalishida Samarqand shahar yoshlaridan tashkil topgan “Honey Lova” hamda “DOTA” yo‘nalishida TATU Samarqand filiali va Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti qo‘shma fakulteti talabalaridan tashkil topgan jamoalar g‘oliblarga aylanishdi.

    Tadbir yakunida g‘oliblarga noutbuk, planshet, smartfon hamda musobaqaning boshqa ishtirokchilariga estalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati