Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi
    10.06.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy  boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi  Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi va tizimdagi korxona hamda tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlar, soha oldida turgan muammolarni aniqlab bartaraf etish yuzasidan jamoatchilik bilan doimiy ravishda uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.

    Shulardan biri sifatida Prezidentimizning joriy yilning 4-5 fevral kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tizimdagi soha korxonalarga berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

    Ushbu anjumanda viloyatdagi mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Y.Gafurovning hisoboti tinglandi.

    Ushbu tadbir so‘ngida jurnalist hamda blogerlar tomonidan yo‘llangan savollarga soha mutaxassislari tomonidan javoblar berildi.

    Manba: Axborot xizmati