Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston-Belarus: AKT sohasidagi samarali hamkorlik
    31.05.2021

    O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’sul xodimlarining Belarusga "TIBO-2021" XXVII Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumida ishtirok etish uchun tashrifi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqovning Belarus Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish vaziri Konstantin Shulgan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi AKT vaziri O'zbekiston bilan Belarus o'rtasida AKT sohasidagi sheriklik munosabatlari uzoq tarixga ega ekanligini ta'kidladi. Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar sohasida Belarus Respublikasi bilan hamkorlik hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar asosida amalga oshirilmoqda.

    Masalan, telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlik doirasida "O'zbektelekom" AK va "Beltelecom" Respublika unitar korxonasi xalqaro telefon va telegraf aloqalarining o'zaro xizmatlarini taqdim etmoqdalar. Shu bilan birga, avia va yer usti aloqa orqali pochta almashinuvi, shu bilan birga pochta pul o'tkazmalari ham yo'lga qo'yilgan.

    IT tadbirkorlik va startap harakatini rivojlantirishda hamkorlik olib borish va tajriba almashish ustuvor yo'nalishlardan biridir. 2017-yildan boshlab, Yuqori texnologiyalar parki bilan hamkorlik olib borish va tajriba almashish yo'lga qo'yildi. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parkini yaratishda va rivojlantirishda Belarus davlati  tajribasi o'rganildi va foydalanildi.

    IT sohasini yanada takomillashtirish, raqobatbardosh va istiqbolli dasturiy mahsulotlarni yaratish, chet el davlatlari uchun AT xizmatlari autsorsingini kengaytirish va AT sifatini yaxshilash maqsadida 2019-yil 10-yanvarda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) tashkil etildi.

    Hozirgi kunda IT-Park rezidentlari 484 ta axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar bo'lib, 60 ta eksportga yo'naltirilgan va 14 ta kompaniya xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan. “EPAM Systems”, “SoftClub”, “Эксадель” kabi qator Belarus IT-kompaniyalari IT-Park rezidentlari hisoblanadi.  

    Bugungi kunda IT-Park bilan hamkorlikda mamlakat bo'ylab Raqamli texnologiyalarga ixtisoslashgan o'quv markazlari tashkil etilmoqda.  Hozirda respublika bo'yicha 132 ta IT-markaz faoliyat yuritmoqda. Bunday markazlar hududlardagi yoshlarga raqamli texnologiyalar asoslarini o'rgatish, shuningdek, AKT sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish uchun xizmat qilmoqda.

    AKT sohasidagi mutaxassislarni hamkorlikda o'qitish va malakasini oshirish doirasida samarali ishlar olib borilmoqda. Belarus Respublikasi  Prezidentining 2018-yil sentyabr oyida O'zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti bilan hamkorlikda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo'naltirilgan hamkorlik asosidagi  fakultet (TATU-BDIRU)  tashkil etildi.

    Bugungi kunda hamkorlik asosidagi  fakultetning  birinchi kursda 361 nafar talaba, ikkinchi kursda 484 talaba uchta yo'nalish  ya’ni  "Axborot texnologiyalari dasturiy ta'minoti", "Dasturlashtiriladigan mobil tizimlar" va sun'iy intellekt bo'yicha ta’lim olmoqdalar. Fakultetda o'qitish "2 + 2" modeli asosida amalga oshiriladi: dastlabki 2 yillik o'qish TATU va uning mintaqaviy filiallarida, keyingi 2 yil esa BDIRUda bo'lib o'tadi. Talabalar o’qishni bitirgandan so'ng, ikkala universitetning diplomiga ega bo'ladilar.

    Elektron hukumat sohasidagi hamkorlik istiqbolli yo'nalishlardan biri hisoblanib, joriy yilda O'zbekiston Respublikasi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi va Belarus Respublikasi Elektron xizmatlar milliy markazi mutaxassislari tomonidan bir qator onlayn uchrashuvlar o'tkazildi. Suhbat davomida elektron hukumat sohasida o'zaro hamkorlik yo'nalishlari belgilab olindi.

    Manba: Axborot xizmati