Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Elektron hukumat xizmatlarini rivojlantirish - davlat xizmatlarining tez va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlaydi
    24.05.2021

    Bugungi kunda elektron hukumatni ― davlat organlari ko‘rsatayotgan xizmatlarning, ochiqligi, shaffofligi, shuningdek, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish usuli deb tushunish ham o‘rinlidir. Elektron hukumat xizmatlaridan foydalanish, an’anaviy xizmat ko‘rsatish usulidan voz kechib, elektron shakldagi xizmatlar ko‘rsatish usuliga o‘tilishidir.

    Elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga nazar tashlasak, xalqimizga elektron davlat xizmatlaridan masofadan foydalanishni yanada yengillashtirish maqsadida o‘tgan yili Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangilangan talqini joriy etildi.

    Bunda portalga bir necha yangilik va o‘zgartirishlar kiritildi, elektron to‘lov imkoniyatlari kengaytirildi, portal interfeysi yangilandi hamda statistik ma’lumotlar yanada aniqroq va kengroq yoritildi.

    2020-yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 50 ta yangi xizmat joriy etilib, bugungi kunda portaldagi jami elektron xizmatlar soni 250 dan ortiqni tashkil etmoqda.

    Aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qulayliklar yaratish maqsadida, hududlardagi pochta aloqasi bo‘linmalari orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali platformasidan foydalangan holda davlat xizmatlarini taqdim etish yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunga qadar 500 dan ortiq pochta obyektlarida 17 turdagi xizmatni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

    Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar Yagona portalda yangi xizmatlarni joriy etish orqali xizmatlar soni 300 taga yetkazish rejalashtirilgan.

    Shu bilan birga, Yagona portalda mavjud xizmatlardan foydalanish jarayonlarini optimallashtirish va foydalanishni qulaylashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

    Bugungi kunda Yagona portalning mobil ilovasida 35 ta davlat xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratildi. Mobil ilova orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida elektron raqamli imzo talab etish amaliyotini soddalashtirish bo‘yicha tegishli normativ huquqiy-hujjat loyihasi ishlab chiqildi hamda ushbu yo‘nalishda vakolatli organlar (Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar markazi) bilan ishlar boshlab yuborildi.

    Shu o‘rinda olib borilayotgan ishlarga xalqaro miqyosda haqiqiy baho beruvchi muhim jihat – mamlakatimizning elektron hukumat sohasidagi reytingiga to‘xtalsak, elektron xizmatlar ko‘rsatish darajasi bo‘yicha mamlakatimiz dunyoning kuchli 50 taligiga kirgan.

    Kelgusida mamlakat miqyosida sifatli va talab yuqori bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini yanada kengaytirish, bosqichma-bosqich barcha davlat xizmatlarini raqamli shaklga o‘tkazish, shu jumladan:

    • joriy yil oxiriga qadar jami elektron davlat xizmatlari sonini 300 taga yetkazish;
    • Yagona portalda davlat bojlarini va davlat organlari tomonidan solingan jarimalarni va boshqa to‘lovlarni tegishli bank va boshqa to‘lov tizimlari orqali onlayn tarzda to‘lash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi alohida platforma ishlab chiqish va ishga tushirish;
    • Yagona portalning mobil ilovasini takomillashtirish va unda 100 ta elektron davlat xizmatlarni joriy etish, avtotransport vositalari uchun tusi o‘zgartirilgan (tonirovka) oynalardan foydalanishga ruxsatnoma berish kabi bir qator amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilangan.

     

    Manba: Axborot xizmati