Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    13.04.2021

    Joriy yil 13-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlantirish, innovatsiya va aerokosmik sanoat vazirligi o‘rtasida onlayn uchrashuvlarning ikkinchi bosqichi  bo‘lib otdi.

    Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunkatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos ochib berdi.

    Bugungi kunda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida sheriklik munosabatlari jadal rivojlanmoqda. Bunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhim o‘rin tutadi.

    Mazkur uchrashuvda ikki tomonlama AKT sohasida hamkorlikni kengaytirish, loyihalarda davlat ishtiroki hamda ishbilarmonlarni jalb etgan holda amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

     

    Manba: Axborot xizmati