Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati Bulung’ur tumanida Raqamli texnologiyalar o`quv markazining ochilishi bo`lib o`tdi
    12.04.2021

    Joriy yilning 12-aprel kuni Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida  Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ish faoliyatini boshladi. Bu Samarqand viloyatida tashkil etilgan o‘n birinchi o‘quv markazdir.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, Bulung’ur tuman hokimligi, keng jamoa vakillari, Vazirlik tizimidagi viloyat korxona va tashkilotlarning viloyat bo`linmalari, tuman faollari hamda mahalliy yoshlar ishtirok yetishdi.

    Ushbu markazda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash asoslari, robototexnika bo`yicha yoshlarni o`rgatuvchi o`quv kurslarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, mazkur markazda tumandagi davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo`yicha malakalarini oshirish maqsad qilingan.

    Raqamli texnologiyalar o`quv markazida tashkil etilgan kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlar sertifikat bilan taqdirlanadi.

     

    Manba: Axborot xizmati