Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryo viloyatida inkubatsiya dasturi ishtirokchilari uchun “Demo Day” boʻlib oʻtdi
    12.04.2021

    Joriy yilning 10-aprel kuni Qashqadaryo viloyati OTMlarida tashkil etilgan inkubatsiya dasturlari ishtirokchilari uchun onlayn rejimda “Demo Day” boʻlib oʻtdi.

    Mazkur onlayn tadbirda IT Park vakili, Qashqadaryo viloyati OTM rektori, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari hamda inkubatsiya dasturi ishtirokchilari qatnashdilar.

    “Demo Day”– bu yakuniy tadbir boʻlib, uning doirasida Qashqadaryo OTMlari qoshidagi inkubatsiya markazlarida malaka oshirgan ishtirokchilar oʻz startap loyihalarini mehmonlar va maxsus taklif qilingan hakamlar hayʼatiga taqdim etdi. Har bir startapga oʻz loyihasini taqdim etish uchun 3 daqiqa, shuningdek, hakamlar hayʼati tomonidan berilgan savollariga javob berish uchun 2 daqiqa berildi.

    Eslatib oʻtamiz, inkubatsiya dasturlarida ishtirok etish uchun Qashqadaryo OTMlaridan jami 222 ta ariza kelib tushdi va ular orasidan 61 ta startap-loyiha saralashdan muvaffaqiyatli oʻtdi. Ishtirokchilarga 1,5 oy davomida 15 ta maʼruza va mentorlardan dars olish, oʻz loyihalari ustida ishlash va startaplarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni rivojlantirish uchun ekspert tomonidan sessiyalar taqdim etildi.

    Inkubatsion dasturlarda ishtirok etgan 61 ta loyihadan quyidagi 20 ta loyiha “Demo Day”ga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

    Shuni taʼkidlash joizki, Qashqadaryo viloyatidagi OTMlar huzurida inkubatsiya markazlarini tashkil etish “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining 2020-yil 24-noyabrdagi 02-3310-sonli topshirigʻida, Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki Inkubatsiya markazlarini tashkil etish” hamda ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori doirasida amalga oshirildi.

    Demo kunining eng yaxshi startap loyihalari quyidagilar:

    Kardio Vessel - Yurak-qon tomir kasalliklari sohasidagi aterosklerotik tomirlar tarmogʻidagi gemodinamik hisob-kitoblarning natijalari turli oʻlchamdagi plastinlarni sifatli baholash va taqqoslash imkonini beradi.

    Paxta monitoring dasturi - Paxta zavodlarida yongʻinlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar haqida oʻz vaqtida xabar berish va paxta tozalash zavodlarida harorat va namlikni doimiy nazorat qilish.

    iSign - Odamlarga imkoniyati cheklanganlar (imo-ishora tili foydalanuvchilari) bilan muloqot qilish imkonini beruvchi elektron tarjimon.

    Bolajon - Maktabgacha taʼlim muassasalarida ingliz tilini oʻqitish boʻyicha mobil ilova ishlab chiqish.

    Halovat -Talabalarga yotoqxonani tez va oson topishga yordam beruvchi onlayn platforma.

    Tekst Opt - MDH va Yevropa davlatlaridagi milliy tekstil bo'lib, oʻz mahsulotlari sotuvini amalga oshiradigan yagona platforma.

    “Demo Day” kunida qatnashgan barcha ishtirokchilarga inkubatsiya dasturini muvaffaqiyatli tugatganligi haqida sertifikat taqdim etildi. Eng muhimi, startap loyiha egalari kelgusi faoliyatida qimmatli boʻlgan tajribani olishga muvaffaq boʻlishdi.

     

    Manba: Axborot xizmati