Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan oʼquv-amaliy seminari o‘tkazildi
    02.03.2021

    Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аmudaryo tumani hokimligida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ijro intizomiga masʼul rahbarlarning hujjatlar bilan ishlashini tashkil etish, shaxsiy masʼuliyatini oshirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan oʼquv-amaliy seminar o‘tkazildi.

    Mazkur seminarda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi masʼullari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi vakillari shuningdek, Respublika hududidagi boshqa vazirliklar, davlat organlari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari, barcha tumanlar masʼullari ishtirok etdilar.

    Seminarda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi oʼrinbosari Oleg Pekosning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari va topshiriqlarini rasmiylashtirish, ularning ijrosini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi to‘g‘risidagi maʼruzalari tinglandi. Ushbu maʼruza yuzasidan ham muzokaralar oʼtkazilib, tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

    Shuningdek, o‘quv-amaliy seminar davomida masʼullar tomonidan qilingan maʼruzalarda norma ijodkorligi, hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish hamda qonun hujjatlarini targ‘ib etishda yuridik xizmatlarning ustuvor vazifalari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda tahlillar, muammolar va ularning yechimlari xususida maʼlumotlar berildi.

    Muzokara va ochiq muloqot tarzida o‘tgan o‘quv-amaliy seminar ishtirokchilari kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan keng tushunchalarga, batafsil maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.