Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Raqamli Avlod Qizlari Forumi 2021” nomli yangi qiziqarli loyiha
    23.02.2021

    “Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasa va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-texnologiya yo‘nalishidagi fanlarni chuqurlashtirib o ‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi ko'magida yangi loyihani - “Raqamli avlod qizlari Forumi 2021”ni amalga oshirmoqda.

    Mazkur loyiha AKT sohasiga qiziquvchi qizlarning g‘oya va tashabbuslariga ko‘mak ko‘rsatishga, ularni rag'batlantirishga qaratilgan. Loyiha davomida tajribali mentorlar bilan 4 kunlik darslar hamda Microsoft, Facebook kabi ko'plab dunyoning yirik IT kompaniyalaridan xalqaro spikerlar bilan muloqotlar o‘tkaziladi. Ta’kidlash kerakki, nafaqat axborot-texnologiyalari, balki biznes yuritish va yetakchilik qobiliyatini shakllantirish bilan bog'liq yo‘nalishlar ham mavjud.

    Mazkur forumda ishtirok etish uchun ikki bosqichli saralash jarayonlaridan muvaffaqqiyatli o'tish lozim. Arizani ushbu havola yuborish mumkin: http://qizlar.raqamliavlod.uz/

    Arizalar qabul qilish muddati: 25-fevral, 23:59.

     

    Manba: Axborot xizmati