Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Dubaydagi Amiti universiteti Toshkent shahridagi maktablar uchun o‘quv dasturlariga AKTni tadbiq qilishda ko‘maklashmoqda
    19.02.2021

    Dubaydagi Amiti universiteti Toshkent shahridagi maktablar uchun o‘quv dasturlariga AKTni tadbiq qilishda yordam bermoqda, deb yozadi Dubaydagi "Gulfnews" gazetasi.

    2021 yil 17 yanvarda bo‘lib o‘tgan seminarda asosan O‘zbekistonda yoshlarning zamonaviy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ko‘rib chiqildi. Seminarda ta’limni osonlashtirishga mo‘ljallangan, shuningdek o‘quvchilarga o‘quv jarayonida muvaffaqiyat qozonishga yordam beradigan resurslardan foydalangan holda interaktiv muhit yaratish yo‘llari ta’kidlandi.

    Amity Education Group o‘quvchilarning AKT yunalishiga bo‘lgan faolligini va zamonaviy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan g‘oyalar, konsepsiyalar va elektron ta’lim faoliyati bilan bo‘lishishga qaratilgan birinchi seminarni tashkil etdi.

    Amity Education Group, Toshkent shahridagi Amiti Universiteti bilan hamkorlikda birinchi o‘quv seminarini o‘tkazdi, unda Toshkent shahridagi maktablar rahbariyatlari ishtirok etib, sessiyada o‘quv jarayonini osonlashtirish va talabalarning intellektual, ilmiy va ijtimoiy jihatdan ustun bo‘lishiga yordam beradigan resurslardan foydalangan holda interaktiv va qiziqarli muhit yaratishning turli usullari aytib o‘tildi.

    Seminarning asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim tizimidan o‘rta mahsus ta’lim tizimigacha AKT dasturini o‘quv jarayonlarida joriy etishdir.

     

    Manba: Axborot xizmati