Prezidentning 5 ta muhim tashabbusining uchinchisi - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish yuzasidan «Kibersport» yo‘nalishidagi CS:GO o‘yini bo‘yicha oflayn musobaqa tashkil etildi.
Mazkur musobaqa Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda “STORM INDUSTRIES LLC” MChJ tomonidan tashkillashtirishgan. Musobaqa ASUS, “AVITEC” kompaniyalarining hududiy filiallari homiyligida o‘tdi.
Musobaqada «Arcred junior», «AAA», «Absorbed», «FMU», «Tentoria», «Storm», «Sologaming», «Toxic» va «Cookie Crew» jamoalari ikki guruhga bo‘lingan holda musobaqada qatnashdilar.
Musobaqaning final bosqichida IT Park tashkilot qanoti ostidagi “Cookie Crew” deb nomlangan «CS:GO» kibersport jamoasi mahalliy “Storm” jamoasiga duch keldi.
Musobaqaning mukofot jamg‘armasi besh million so‘mni tashkil etdi. G‘oliblar pul, ASUS tomonidan sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandi.
Manba: Axborot xizmati