Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namangan shaxar pochta aloqasi bog‘lamasining mijozlarga zamonaviy xizmat ko‘rsatish muomala zali ochildi
    17.02.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ishchi guruxi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiylarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov rahbarligida va “O‘zbekiston pochtasi” AJ ishtirokida  2021 yil 17 fevral kuni Namangan shaxar pochta aloqasi bog‘lamasining mijozlarga xizmat ko‘rsatish muomala zalini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pochta aloqasi soxasini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 14 dekabrdagi PQ-4921-son qarori doirasida pochta aloqasi soxasiga kiritilayotgan yangi xizmat turlari, ya’ni 16 turdagi elektron davlat xizmatlari, 2 turdagi bank xizmatlari (plastik kartadan naqd pul yechish va mablag‘ bilan to‘ldirish), infokiosk orqali xizmat ko‘rsatish, mijozlar nomiga kelgan pochta jo‘natmalarini olishi uchun mo‘ljallangan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi avtomatlashtirilgan komplekslardan (pochtamat) foydalanish, maxalliy ishlab chiqaruvchilarning maxsulotlarini Respublika ichida onlayn sotish va mijozlarga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha milliy onlayn savdo maydonchasining veb versiyasi ishga tushirilganligi, aрolidan to‘lovlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan mobil qurilmalar taqdimoti o‘tkazildi.

    Viloyat va tuman markazlariga xizmat ko‘rsatuvchi pochtalonlarni markazdagi saralash bo‘limidan “bog‘lama-mijoz” sxemasi asosida pochta jo‘natmalarini olib manzilgacha yetkazib berish amaliyotini joriy etish maqsadida elektroskuterlar bilan ta’minlandi.

    Shu bilan birga qarorda belgilangan topshiriqlarni bajarilishi yuzasidan pochta aloqasi obyektlarini qaytadan zamonaviy ko‘rinishda qurish, yagona dizayn asosida shaxarsozlik talablariga mos ravishda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Iskovot va Kalisho aloqa bo‘limlari binolari, Uchqo‘rg‘on tuman pochta aloqasi bog‘lamasining markaziy binosi davlat xususiy sherikchilik asosida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari boshlanganligi bo‘yicha axborot berib o‘tildi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov va “O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh direktori A.Fayzullayevlar mazkur tadbirda Namangan filialida uzoq yillar samarali mexnat qilib xozirgi kunda nafaqada bo‘lgan bir gurux mexnat faxriylari bilan uchrashdilar, va ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati