Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida yangi magistratura yo‘nalishi ochilmoqda
    15.02.2021

    Toshkent shahridagi Inha universiteti biznes va fundamental yo‘nalishlariga qo‘shimcha sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va bulutli hisoblash mavzularini qamrab olgan “Raqamli transformatsiyadagi MBA (ABC MBA)” nomli magistrlik dasturi ochilishi haqida e’lon qiladi.

    Dasturning maqsadi talabalarga menejerlik tafakkuri va konvergent muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish hamda texnik, nazariy va amaliy bilimlarni birlashtirib, tashkilotlarda raqamli biznes transformatsiyasini loyihalashtirish, amalga oshirish va boshqarish imkoniyatini berishdir. Dastur moliyaviy xizmatlar, ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, mehmondo‘stlik, ta’lim va hukumat kabi turli sohalarda biznesni raqamli transformatsiyasiga yordam beradi.

    Ushbu kunduzgi ta’lim shaklidagi dastur kelajakdagi innovatsion yosh avlodni raqamli transformatsiya va ilg‘or texnologiyalari bilan bog‘liq misli ko‘rilmagan biznes muammolarni hal qilishga va raqamli texnologiyalar va strategiyalarni biznesga samarali ravishda birlashtira oladigan professional menejerlarni tayyorlashga mo‘ljallangan.

    Ta’lim jarayoni Toshkentda ikki semestr va Koreya Respublikasida ikki semestrni o‘z ichiga qamrab oladi. Barcha mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi. Dasturni muvaffaqiyatli yakunlanganlarga INHA universiteti diplomi beriladi.

    2021/2022 o‘quv yilining birinchi kursiga ariza topshirish imkoniyati joriy yil mart oyida ochiladi.

    Batafsil ma’lumot Universitetning rasmiy veb saytida e’lon qilinadi – inha.uz

     

    Manba: Axborot xizmati