Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park Turkiy Kengash bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
    11.02.2021

    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkda (IT Park) Turk kengashi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlik, shu jumladan, hamkor davlatlarda raqamlashtirish jarayonlarni jaddalashtirish dasturini ishlab chiqish va Turkiy Kengashga a’zo davlatlarining raqobatbardoshligini kuchaytirish boʻyicha masalalar muhokama qilindi.

    Tomonlar mahalliy IT kompaniyalarining Turkiy Kengash hududida faoliyatlarini kengaytirishga va Kengash a’zo mamlakatlari bozorida mahalliy kompaniyalar to‘g‘risida biznes xabardorlikni oshirishga  kelishib oldilar.

    Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikda ishlash, shuningdek yosh avlodning IT  salohiyatini yaxshilash maqsadida IT Parkning ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga kelishib oldilar. Turkiy Kengashi rahbariyati IT Park rezidentlariga xalqaro kompaniyalardan buyurtma olishiga koʻmak berishga tayyorligini bildirdi.

     

    Manba: Axborot xizmati