Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon shahrida axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi ochildi
    29.01.2021

    Bugungi kunda jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan mamlakatimiz taraqqiyotida ulkan o‘zgarishlar, tub islohotlarning shohidi bo‘lmoqdamiz.

    Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Bugun 29-yanvar kuni Andijon shahridagi 54-son maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabning ochilish marosimi bo‘lib ot‘di.

    Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari J. Egamberdiyev, shuningdek keng jamoatchilik hamda o‘quvchi yoshlar ishtirokida tashkil etildi.

    2020-2021 o‘quv yilida mazkur ixtisoslashtirilgan maktabga Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan sinovlarda yuqori natija ko‘rsatgan 30 nafar 5-sinf o‘quvchilari qabul qilindi.

    Bundan tashqari, 2021 yilda Xonobod shahri, Andijon, Asaka, Buloqboshi, Baliqchi va Bo‘ston tumanlarida xuddi shunday informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktablar tashkil etishni rejalashtirilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati