Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    11.01.2021

    O‘qituvchilar uchun sovrin jamg‘armasi $6000 bo‘lgan tanlov muddati uzaytirildi

    «One Million Uzbek Coders» loyihasi hamda Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun umumiy sovrin jamg‘armasi $6000 bo‘lgan tanlov muddati 1-fevralga qadar uzaytirildi.

    Loyiha doirasida o‘qituvchilarning professional yutuqlarini aniqlash va e’tirof etish, shuningdek, o‘qituvchilarni ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan faol foydalanishga undash tanlovning maqsadi deb ko‘rsatildi.

    Tanlovda umumta’lim maktablari o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin. O‘qituvchilar va ularning talabalari tomonidan telegram guruhlarida va loyihaning ijtimoiy tarmoqlarida motivatsiya va faollik ko‘rsatilishi lozim. Sovrinli o‘rinlar soni - 8 ta.

    Tanlov to‘g‘risida batafsil ma’lumot quydagi havola orqali olishingiz mumkin: https://it-park.uz/uz/itpark/news/one-million-uzbek-coders-loyihasi-doirasida-o-qituvchilar-uchun-6-000-dollarlik-sovrin-fondiga-ega-tanlov

     

    Mahalliy startapchilar biotexnologiya sohasi bo‘yicha akseleratorda ishtirok etishlari mumkin

    Ilg‘or Texnologiyalar Markazi C.A.T. Science Accelerator Biotech bepul ilmiy akseleratoriga biotexnologiyalar sohasidagi startaplar qabulini e’lon qiladi. Akseleratorda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan biotexnologiyalar sohasidagi ilmiy startaplar ishtirok etishlari mumkin.

    Quyidagi sohalardagi ilmiy loyihalar akseleratorda ishtirok etishi mumkin:

    • tibbiyot
    • farmakologiya
    • qishloq xo‘jaligi
    • hayot sifatini oshirish.

    Akselarator ishtirokchilari o‘z tadqiqotlarini tijoratlashtirish imkoniyatini qo‘lga kiritishlari va o‘z biznesini boshlashishlari mumkin bo‘ladi.

    Arizalar 5 fevralgacha quydagi havola orqali qabul qilinadi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdyuuZieMlrroiGeGQN-Q9aAVjtYX1-ZAsYEa2GSQbBMaG8Zg/viewform?usp=sf_link

     

    O‘zbekiston va Finlyandiya birgalikda oliy ta’lim sohasida IT dasturni amalga oshiradi

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Turku amaliy fanlar universiteti (Finlyandiya) birgalikda “Axborot texnologiylari va tadbirkorilik” nomli oliy ta’lim sohasidagi dasturni yo‘lga qo‘yishdi.

    Dasturga muvofiq talabar 1+3 shaklida o‘qishni amalga oshiradi, ya’ni birinchi o‘quv yilini O‘zbekistonda boshlab, qolgan uch yil Finlyandiyada ta’lim oladi. Bundan tashqari, bitiruvchilar Finlyandiya kompaniyalarda ishga qabul qilish va yirik IT kompaniya va startaplarda amaliytni o‘tishga imkoniyatni qo‘lga kiritadi.

    Dastlabki kelishuvga ko‘ra “Axborot texnologiyalari va tadbirkorlik” hamda “IT biznes va tadbirkorlik” bo‘yicha bakalavr yo‘nalishlaridir.

     

    Navoiyda birinchi fotoelektrostansiyaning qurilish ishlariga start berildi

    Masdar kompaniyasi (Birlashgan Arab Amirliklari) Navoyi viloyatida birinchi xususiy fotoelektrostansiyani qurilish ishlariga start berdi. Mazkur stansiyaning quvvati 100 megaVattni tashkil etadi. Fotoelektrosnansiyani joriy yil oktabr oyida ishga tushurilishi rejalashtirilgan.

    Stansiya yiliga quyosh energiyadan foydalanib 270 gigavatt-soat elektroenergiyani ishlab chiqaradi. Bu esa, o‘z navbatida, 31 mingga yaqin uylarni elektroenergiya bilan ta’minlab beradi.