eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Dubay shahridagi Amiti universiteti o‘rtasida hamkorlik mustahkamlandi
    05.01.2021

    Toshkent shahridagi Аmiti universiteti va Dubay shahridagi Аmiti universiteti ortasida sheriklik aloqalari yangi pogʼonaga kotarildi. Ikki universitet o‘rtasida Dubay shahridagi Аmiti universitetida hamkorlik kelishuvi imzolanib, qator yo‘nalishlari boʼyicha muloqot olib borildi.

    O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini takomillashtirish maqsadida o‘quv maʼlumotlari hamda turli xil sohalarda bilim va tajriba almashish, ikki tomon ilmiy xodimlari bilan ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularni muhokama qilish hamda O‘zbekistondagi va tashqi tajribaga ega bo‘lgan korporatsiyalarga xalqaro immersiya dasturlarini (chet el muhitida o‘quv va amaliyotni amalga oshirish) ishlab chiqish va taklif qilish ko‘zda tutilgan.

    Ilmiy hamkorlik o‘rnatishda ixtisoslashtirilgan maʼruzalar, seminarlar va ilmiy tadqiqotlar olib borishi, universitetlar tashabbuslari bilan qator ommaviy tadbirlarni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

    Bundan tashqari, yaqinda Toshkent shahridagi Аmiti universiteti qoshida tashkil etilgan IT-Inkubatsion markazini rivojlantirish maqsadida ikkala tomonning inkubatsiya markazlari faoliyatini rivojlantirish va ular o‘rtasida samarali hamkorlik olib borish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

    Ushbu hamkorlik o‘zaro manfaatdorlik va do‘stlik tamoyillarga asoslangan bo‘lib, ikkala universitetning kelajakda ilmiy jihatdan yuksalishi va talabalar uchun yana ko‘plab imkoniyatlarni yaratishga zamin bo‘ladi.

     

    Manba: Axborot xizmati