Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent viloyatida yana uchta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi
    31.12.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish doirasida vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida aholi va yoshlar uchun Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.

    Toshkent viloyatida ham Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil yetish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Shu bois mazkur hududning Angren va Oxangaron shaxri xamda Yangiyo‘l tumanlariida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. Bugungi kunda Toshkent viloyatining 10 ta (Bo‘ka, Piskent, Oqqo‘rg‘on, Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq, Quyichirchiq, Yangiyo‘l tumanlari va Yangiyo‘l, Angren, Oxangaron shaxarlari) tuman va shaxarlarda o‘quv markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

    Markaz zamonaviy kompyuter texnikalari va mebel jihozlari bilan jihozlandi. O‘quv markazida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.

    Tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida kompyuter savodxonligini oshirishdasturlash, robototexnikakibersport hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda bilimini oshiradilar. Shu bilan birga yoshlar axborot texnologiyalari, dasturlash sohalarida innovatsion ishlanmalar yaratish, start-ap loyihalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar.

    Manba: Axborot xizmati