Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT Park Sirdaryo viloyati filialida ”Junior dasturchi” forumi tashkil etildi
    18.12.2020

    IT Park Sirdaryo viloyati filialida ”Junior dasturchi” forumi tashkil etildi.

    Mazkur forum Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Sirdaryo viloyati IT Center, Sirdaryo viloyati hokimligi, Xalq ta’limi boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

    Tadbirda Guliston davlat universiteti talabalari, viloyatning umumta’lim maktab o‘quvchilari, shuningdek mahalliy dasturchilar hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchi IT kompaniyalar ishtirok etdilar.

    ”Junior dasturchi” forumini tashkil etishdan asosiy maqsad axborot texnologiyalari sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan loyihalarni namoyish etish, viloyat yoshlarining AKT sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ular tomonidan yaratilgan ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

    Forum davomida talabalar, umumta’lim maktab o‘quvchilari, yosh dasturchilar tomonidan yaratilgan ishlanma va dasturiy mahsulotlar namoyish etildi.

    Tadbir so‘ngida eng yaxshi deb topilgan ishlanma va dasturiy mahsulotlar 3 ta nominatsiya bo‘yicha saralab olinib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alar va sertifikatlar topshirildi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati