Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Ko‘kterak” pochta aloqa bo‘limida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yildi
    04.12.2020

    Bugun 4 dekabr kuni Toshkent viloyati, Toshkent tumani “Ko‘kterak” MFY hududida “O‘zbekiston pochtasi” AJning Toshkent filialiga qarashli “Ko‘kterak” pochta aloqasi bog‘lamasi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur binoda aholiga barcha turdagi pochta xizmatlari bilan birga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda 15 turdagi davlat xizmatlaridan ham foydalanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

    Xududlarda yashovchi aholiga davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish katta ahamiyatga egadir. Bugungi kunda davlat xizmatlarini ko‘rsatish asosan viloyat va tuman markazlarida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tumanlarning chekka hududlarida yashovchi aholi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun uzoq masafalarni bosib o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Bu kabi noqulayliklarni bartaraf etish uchun ushbu xizmatlarni pochta aloqasi bo‘limlarida yo‘lga qo‘yish orqali aholi o‘ziga yaqin bo‘lgan pochta aloqasi bo‘limlariga borib davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Ma’lumot uchun:

    Joriy yilning 5 oktabr kuni Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy pochta tizimini isloh qilish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Ushbu yig‘ilish jarayonida bir qator topshiriq va vazifalar berilgan bo‘lib, shulardan biri pochta aloqasi ob’ektlarida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yishni tashkil etish topshirilgan edi.

     

    Manba: Axborot xizmati