Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    24.11.2020

    IT Park xotin-qizlar uchun “Tumaris Tech”   loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan onlayn kurslar haqida e’lon qildi

    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) Oʻzbekistonda xotin-qizlarning IT sohasidagi texnologik tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Tumaris Tech” loyihasi doirasida xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan onlayn kurslar to‘g‘risida e‘lon qildi

    Mazkur onlayn kurslarda Oʻzbekistonning barcha hududlarida istiqomat qiluvchi barcha yoshdagi xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin. Kursning eng yaxshi tinglovchilariga ishga joylashish imkoniyati yaratiladi.

    Onlayn kurslar quyidagi IT yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:

    • kompyuter savodxonligi;
    • mobil dasturlash;
    • veb dasturlash;
    • SMM va kopirayting;
    • grafik dizayn.

    Kurslar joriy yil 7-dekabr kuni boshlanib, o‘zbek tilida onlayn tarzda o‘tkaziladi. Roʻyxatdan oʻtish muddati: 2020-yil 7-dekabrgacha.

    Kurslarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak: https://forms.gle/6NdhFHtgFViX2qCY6

    Tumaris Tech” — USAID tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi koʻmagida IT Park tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekistonda IT sohasida xotin-qizlar texnologik tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash loyihasi boʻlib, unda ayollarning oʻz startap loyihalarini ishlab chiqishda rag'batlantiriladi. Loyiha AKT ekotizimiga ayollarni jalb qilishga qaratilgan.

     

    Yagona portalda yangi xizmatlar joriy etildi

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ikkita yangi xizmatlar paydo bo‘ldi — “Avtotransport vositalari haqida ma'lumot” hamda “O’zbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositasi orqali olib kirilayotgan yuk haqida ma’lumot olish” xizmatlari.

    Mazkur xizmatlar fuqarolarimizga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy qilingan. Masalan, “Avtotransport vositalari haqida ma'lumot” O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan yuk ortilgan avtomobil transportining bojxona postlaridan o‘tish vaqti va joyi haqida ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Mazkur xizmatlar quydagi havola orqali mavjud: https://my.gov.uz/oz/service/80 va https://my.gov.uz/oz/service/82

     

    O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 25 millionga yaqinlashdi

    2020 yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 24,8 mln. ni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 6,9 % ga yoki 1,6 mln. ga o‘sgan

    Shu jumladan, aholida 23,3 mln. abonentni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 % ga yoki 852,2 ming abonent soniga oshgan.

    Mobil aloqa tizimiga ulangan eng ko‘p abonentlarga ega bo‘lgan hududlar:

    - Toshkent shahri – 4,8 mln. abonent;

    - Farg‘ona viloyati – 2,8 mln. abonent;

    - Samarqand viloyati – 2,3 mln. abonent;

    - Andijon viloyati – 2,1 mln. abonent.

     

    Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida inkubatsiya markazi ochildi

    IT Park ko‘magida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi inkubatsiya markazining onlayn ochilishi bo‘lib o‘tdi

    Eslatib o‘tamiz, joriy yil oktabr oyida Toshkent shahridagi Turin va G.V. Plexanov nomidagi universitetlarning filiallarida inkubatsiya markazlari ham ochildi. Mazkur markazlarning ochilish maqsadi — iqtidorli yoshlarga turli dasturlar va o‘z innovatsion loyihalarni amalga oshirishga har taraflama ko‘mak berishdir.

     

    2GIS Toshkent shahrida “Yo‘ldagi hodisalar” nomli funksiyani  yaratdi

    2GIS kompaniyasi Toshkent shahrida “Yo‘ldagi hodisalar” nomli yangi funksiyani yaratdi. Endilikda foydalanuvchilar ilova orqali yo‘lda sodir bo‘lgan hodisalar (avtohalokatlar, yo‘llarni yopish va hokazo) to‘g‘risida ma’lumot oladi. 

    Xabar qoldirish uchun ilovada avtorizatsiya talab etilmaydi, ammo fotorasmni qo‘shish uchun ro‘yxatdan o‘tish kerak. Voqealarni baholash hamda 2GIS har bir foydalanuvchisi uning haqqoniyligi va ishonchiligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot keltirishi mumkin.

    Yo‘ldagi hodisalar xaritada hamda navigator rejimida aks ettiriladi.

    2GIS kompaniyasi rejaga asosan xabar berilgan yo‘larni yopish va yo‘larda mavjud bo‘lgan kameralar to‘g‘risida xaritaga ma’lumotlarni ham qo‘shishi mumkin. Bundan tashqari navigator eng qulay bo‘lgan marshrutni ham tuzib beradi.

     

    Manba: Axborot xizmati