Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyatida fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlari bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi
    14.11.2020

    Joriy yilning 10-13 noyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarligida vazirlik va idoralar rahbariyati va mas`ul xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida ommaviy qabullar tashkil etildi.

    Qabullar 4 kun davom etib, Samarqand shahar hamda Samarqand, Pastdarg`om va Nurobod tumanlari aholisi uchun Samarqand tumanida, Kattaqo`rg`on shahar, Kattaqo`rg`on, Narpay va Paxtachi tumanlari aholisi uchun Kattaqo`rg`on shahrida, Oqdaryo, Ishtixon, Payariq va Qo`shrabot tumanlari aholisi uchun Payariq tumanida, Toyloq, Urgut, Jomboy va Bulung`ur tumanlari aholisi uchun Toyloq tumanida tashkil etildi.

    Mazkur qabullarda axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasi bo`yicha jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining o`rinbosari J.Maxsudov boshchiligidagi viloyatda sohada faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan qabul qilindi. Qabullarda sohaga jami 42 ta murojaat kelib tushdi. Shularning 11 tasi joyida hal etildi, qolgan 31 ta murojaat nazoratga olindi.

    Qabullar davomida viloyatning turli shahar va tumanlarida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

    • qator tumanlarida ijtimoiy soha obyektlari yuqori tezlikdagi telekommunikasiya tarmog`iga ulandi;
    • 9 ta yangi mobil aloqa baza stansiyalar ishga tushirildi va 18 ta mavjud baza stansiyalar modernizatsiya qilindi;
    • Samarqand viloyati Urgut tumanining uzoq va borish qiyin bo`lgan Qizilto`riq aholi punktida 2G/3G/4G baza stansiyalari o`rnatilib, ishga tushirildi va shu joyning o`zida qishloq aholisi uchun sim kartalar sotuvi yo`lga qo`yildi.

     

    Manba: Axborot xizmati