Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbektelekom” dan sifatli va hammabop videokonferensaloqa
    12.11.2020

    Bugun jahon hamjamiyati uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus (COVID-19) pandemiyaga qarshi kurashda mamlakatimizda  chora-tadbirlar  amalga oshirildi.

    Respublikamiz aholisini ushbu xavfdan himoya qilish, uni iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘lgan salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va tizimdagi korxonalar tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    COVID-19 pandemiyasi davrida masofadan turib ta’lim olish, xodimlarning masofaviy ishlashi va hatto butun ofislar uchun turli videokonferensaloqa platformalari butun dunyoda eng kerakli vosita bo‘lib qolmoqda. Onlayn ish va o‘qishni tashkil etish xarajatlarini optimallashtirish uchun “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ma’lumotlar markazi bazasida videokonferensiyalar uchun qulay va ko‘p tarmoqli “UZCLOUD.UZ” nomli platforma xizmatlari joriy  etildi. Kompaniya tomonidan foydalanuvchilar uchun qulay va arzon tarif rejalar ishlab chiqilgan.

    Bulutli UZCLOUD.UZ videokonferensaloqa xizmatlarining funksional imkoniyatlari juda ham xilma-xil va bu esa buyurtmachiga osonlik bilan onlayn-dars, onlayn-ofis hamda onlayn-konferensiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Har bir tarif reja uchun konferensiyaning davomiyligi cheklanmagan va 5 GB hajmdagi bulutli ma’lumotlarni saqlash joyi taqdim etiladi.

    Yana bir muhim jihati shundaki, bu xizmat mahalliy «Uz-IX» va «TAS-IX» tarmoqlarida tashkil etilgan bo‘lib, xizmatlarning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Muayyan mijozlar videokonferensaloqa platformasining imkoniyatlari va sifatini sinab ko‘rishlari uchun, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2020-yil 30-noyabrga qadar “Qulay videokonferensaloqa” maxsus aksiyasini o‘tkazmoqda. Aksiya doirasida “Bepul onlayn-dars” va “Bepul onlayn-ofis” tarif rejalaridan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.

    Aksiyali tarif rejalardagi xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida, UZCLOUD.UZ sahifasida ro‘yxatdan o‘tgan barcha jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.

    Kompaniyaning bulutli ma’lumotlar markazi (data-sentr) va “UZ-IX” hamda “TAS-IX” mahalliy tarmoqlarida joylashgan resurslarning ixtisoslashgan UZCLOUD.UZ sayti bazasida tashkil etilgan videokonferensiyalar uchun platforma keng imkoniyatlardan va taqdim etilayotgan servisning sifatidan to‘liq foydalangan holda pulingizni tejash imkonini beradi. Bundan tashqari, xizmatlar uchun to'lovni O‘zbekistondagi mavjud to‘lov tizimlari orqali bir zumda amalga oshirishingiz mumkin, bu esa o‘z navbatida barcha foydalanuvchilarga qo‘shimcha qulaylikdir.

    Batafsil ma’lumotni UZCLOUD.UZ sayti orqali olish mumkin.

     

    Manba: Axborot xizmati