Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 2020-yil oktabr oyida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining aholi o‘rtasida eng оmmabop xizmatlari
    05.11.2020

    Aholi uchun elektron xizmatlar ko‘rsatish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Ana shu maqsadda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz) faoliyat yuritadi.

    Bugungi kunda ushbu portal orqali 200 dan ortiq elektron davlat xizmatlari taqdim etib kelinmoqda. Ular bo‘yicha yil boshidan beri 2,5 millionta ariza kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 foizga oshdi. Yil yakuniga qadar umumiy xizmatlar turi 230 tadan oshiriladi.

    Jumladan, ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish, ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnoma olish xizmatlari joriy qilinishi hamda kadastr pasportini ro‘yxatdan o‘tkazish, ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat subsidiyasini olish xizmatlarining takomillashtirilishi rejalashtirilgan.

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2020 yil oktabr oyi uchun ommabop xizmatlar Top-10 taligini e’lon qildi. Unga ko‘ra, oktabr oyi davomida:

    1. Soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini aniqlash uchun – 110 ming dan ortiq  murojaat;
    2. Jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchining indentifikatsion raqamini (STIR) olish uchun - 60,9 mingta murojaat;
    3. Tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt (shartnomalar) ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish uchun - 53,2 mingta murojaat;
    4. O‘zbekiston Respublikasi xududidaga temiryo‘l transport vositasi orqali olib kirilayotgan yuk haqida ma’lumot olish uchun - 48,6 mingta murojaat;
    5. Fuqarolarning davlat pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot – 43,5 mingta murojaat;
    6. Ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish uchun – 41,7 mingta murojaat;
    7. Fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish uchun – 39,9 mingta murojaat;
    8. Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun - 39,8 mingta murojaat;
    9. Narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun — 37,3 mingta murojaat;
    10. Maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish uchun fuqarolardan  36,7  mingta electron murojaatlar kelib tushgan.

    Bundan ko‘rinib turibdiki,  aholining elektron xizmatlardan foydalanishga bo‘lgan talablari ortib bormoqda. Bu esa elektron hukumat tizimining rivojlanishidagi muhim omildir.

    Manba: Axborot xizmati