Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyatida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi
    03.11.2020

    Joriy yilning 5 oktabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan “Raqamli O‘zbekiston - 2030” Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-6079-son Farmoni qabul qilindi.

    Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2020 yil 6 oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4851-son qarori bilan, joriy yil yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar markazlarida bittadan informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablarni tashkil etish vazifasi qo‘yilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2020 yil 5 oktabrdagi PF-6079-son farmoniga muvofiq, Xorazm viloyati bo‘yicha 2 ta namunaviy tumanlar Xonqa va Shovot tumanlari belgilangan bo‘lib, 2020 yil hamda 2021 yil 1-choragi yakuniga qadar mazkur tumanlarda raqamli transformatsiya bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

    Mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida joriy yilning 2-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyatining shahar va tumanlarini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha hududiy Kengash raisi o‘rinbosari O. Pekos rahbarligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

    Ishchi guruh tomonidan 2020 yilda hamda 2021 yil 1-choragi yakuniga qadar raqamli transformatsiya qilinadigan namunaviy tumanlar xususan Xonqa va Shovot tumanlarida amalga oshiriladigan loyihalar loyiha tashabbuskorlari va tegishli mas’ullar ishtirokida joyida o‘rganildi.

    Jumladan Xonqa tumanida 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan “Elektron kundalik” axborot tizimi, tuman markaziy poliklinikasida “Elektron poliklinika” axborot tizimi, Xonqa tumanidagi 48-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirish tayanch maktabi tashkil etilishi hamda tuman yoshlari uchun tashkil etilayotgan “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va boshqa loyihalar bilan yaqindan tanishildi.

    O‘rganish natijalariga asosan viloyat hokimi, Xorazm viloyatining shahar va tumanlarini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha hududiy Kengash raisi F.Ermanov raisligida hududiy Kengashining birinchi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

    Kengash yig‘ilishida Xorazm viloyatining shahar va tumanlarini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha hududiy Kengash a’zolari hamda viloyatdagi idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

    Yig‘ilishda viloyatda raqamli transformatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan tegishli rahbarlarga loyihalarni jadallashtirish yuzasidan zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati