Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbek tili bayramini nishonlash an’anaga aylanmoqda
    19.10.2020

    Har bir davlatning buyukligini ko‘rsatuvchi birlamchi boyligi uning tili hisoblanadi. Aynan til ma’lum bir odamlar guruhini birlashtirib millat qiladi, uni yuksaltiradi, dunyoga tanitadi. Til millatlar madaniy merosini avloddan-avlodga yetkazishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.

    2020 yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti     Sh. Mirziyoyev tomonidan “O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risidagi” qonunni imzolandi. Bu esa ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromning bir ko‘rinishi aslida.

    21-oktabr – Davlat tili bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish” markazida xodimlar ishtirokida “O‘zbek tili bayrami” bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda aytib o‘tilganidek, dunyo miqyosida har bir millatda ona tilini asrash qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Buning yaqqol isboti YUNESKO tomonidan dunyo markazi minbaridan turib aytilgan taklifga ko‘ra turli mamlakatlarda “Xalqaro ona tili” bayram sifatida nishonlana boshlandi.

    Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi, shubhasiz tilni asrab-avaylashda, davlat tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yuksalishida muhim o‘rin tutadi.

    Manba: Axborot xizmati