Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    16.09.2020

    IT-Park Ucell bilan hamkorlikda startaplar uchun akseleratorni tashkil etdi

    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) Ucell mobil operatori  bilan hamkorlikda startaplarni amalga oshirish va rivojlantirishga ko‘maklashuvchi akseleratorni tashkil etmoqda

    Akseleratorda ishtirok etish uchun arizalarni 10 oktabrgacha topshirish mumkin.  Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://startup.ucell.uz/uz/form

    Akselerator to‘g‘risida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://startup.ucell.uz/uz

     
    Toshkent shahrining qator maktablarida raqamli taʼlimni joriy qilish bo‘yicha loyiha taqdim etildi

    2020-yilning 16-senyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan 250-sonli umumtaʼlim maktabida va Olmazor tumanida joylashgan 133-sonli umumtaʼlim maktabida raqamli taʼlimni joriy etish bo‘yicha pilot loyihasi taqdim etildi

    Mazkur loyiha Oʻztelekom milliy operatori va Huawei kompaniyasi hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi  koʻmagida amalga oshirildi.

    Loyiha doirasida ikkita maktabda unga ajratilgan oʻquv xonalari Wi-Fi tarmogʻi bilan qoplandi, masofaviy taʼlim va real vaqtda mashgʻulotlar oʻtkazish uchun videokonferens aloqa tizimlari yoʻlga qoʻyildi, axborot texnologiyalarini oʻrganishga xizmat qiladigan auditoriyalar planshetlar, bulutli xotira uchun zarur server uskunasi bilan jihozlandi. Shuningdek, Oʻzbektelekom milliy operatori bilan hamkorlikda axborot uzatish tarmogʻiga oid infratuzilma yaratildi. Har bir maktabda beshtadan oʻquv xonasi to’liq ta’mirdan chiqarildi.

     

    Germaniya IT bozoriga chiqish imkoniyatlari haqida vebinar o‘tkaziladi

    IT-Park va Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi oʻzaro hamkorlikda “Oʻzbekiston va Germaniya: IT sohasidagi hamkorlik rivojining istiqbollari” mavzusida vebinar boʻlib oʻtadi. 

    Mazkur vebinar 18-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da o‘tkaziladi. Vebinarda ishtirok etish uchun 17-sentabrgacha (shu kuni ham) roʻyxatdan oʻtish mumkin: https://forms.gle/FQXPFmTaTJFpWQkc7

    Vebinarda IT-Park va Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi hamda Lucanet AGBringmeister GmbH va Code Factory DKB kabi Germaniya  kompaniyalari vakillari ishtirok etishadi.

     

    Amazon Web Services va Selectel mutaxassislari mahalliy kompaniyalar bilan bulutli texnologiyalar sohasida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi

    Datasite Technology kompaniyasi mahalliy kompaniyalar uchun bepul onlayn tadbirni tashkil etmoqda. Unda Amazon Web Services va Selectel mutaxassislari ham ishtirok etishadi

    Onlayn tadbir 30-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11.00 da ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladi. Tadbirda bulutli texnologiyalarning afzalliklari va texnik tomonlari hamda biznes uchun yangi imkoniyatlar to‘g‘risida fikr yuritiladi.

    Onlayn tadbirda ishtirok etish uchun kompaniyaning saytida ro‘yxatdan o‘tish (https://datasite.uz/events) kerak. Ikki kun ichida ishtirokingiz tasdiqlangani to‘g‘risida xabar keladi.

     

    Toshkent shahrining Olmazor tumanida yangi IT markaz ochildi

    Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon nomidagi Yoshlar kutubxonasining qulay va zamonaviy binosida joylashgan ushbu markazda turli IT yo‘nalishlarda ta’lim olish, ya’ni kompyuter savodxonligini oshirhish, MS Office, veb dasturlash tillari, grafika va dizayn,  robototexnika asoslari, mobil ilovalarni o‘rganish uchun barcha qulayliklar yaratilgan

     

    Manba: Axborot xizmati