Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik jamoasi “Bosh vazir kubogi–2020” musobaqasini g‘alaba bilan boshladi
    05.10.2020

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi terma jamoasi futbol bo‘yicha “Bosh vazir kubogi–2020” musobaqasini g‘alaba bilan boshladi.

    Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida an’anaviy tarzda “Bosh vazir kubogi” musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

    “Bunyodkor” futbol akademiyasining mashg‘ulot maydonlarida futbol bo‘yicha “Bosh vazir kubogi–2020” musobaqasiga start berildi.

    Musobaqaga jiddiy yondashgan holda puxta tayyorgarlik ko‘rgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi terma jamoasi Markaziy apparati xodimlari ham turnirda ishtirok etishmoqda. Jamoa o‘zining dastlabki uchrashuvini O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi terma jamoasining to‘liq ustunligida o‘tgan uchrashuvda jamoa 7:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

    Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4-12 oktyabr kunlari futbol bo‘yicha “Bosh vazir kubogi–2020”da 64 jamoa g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

     

    Manba: Axborot xizmati