Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijonda viloyatidagi «Digital City»da yirik loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
    18.09.2020

    Joriy yil 18 sentyabr kuni Andijon viloyatidagi «Digital City»da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yildagi 28 aprel kuni qabul qilingan «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida olib borilayotgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    Loyihalar taqdimotida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Q.Yuldashev va Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov ishtirok etdi.

    Taqdimotda, “Monterra” onlayn platformasini pilot loyiha sifatida Andijon viloyatida ekin yerlarini kosmik suratlarni tahlil qilish imkonini bervuchi “Monterra” onlayn platformasi joriy etilishi nazarda tutilgan.

    Hozirda platforma O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining “Yer axborot” tizimi bilan o‘zaro integratsiya qilinib, jami       7 879 ta fermer xo‘jaliklarining 145 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari to‘g‘risida viloyatdagi jami ekin maydonlarining 64,74 foizi tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish yo‘lga qo‘yildi.

    Boshlang‘ich bosqichda platformaga viloyatdagi 20 ta fermerlarning yer maydonlarida yetishtirilayotgan paxta ekinlari holatini sinov tariqasida onlayn monitoring qilish yo‘lga qo‘yildi. Monitoring jarayonida fermer va agronomlar uchun ko‘chatlarning o‘sishidagi belgilanganidan ortda qolishi, begona o‘simliklarning mavjudligi, kimyoviy, organik va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash, ekinlarni sug‘orishda foydalanish uchun muhim ma’lumotlarni olish, tahlil qilish va natijada hosildorlikni oshirish, resurslarni tejash bo‘yicha tegishli tavsiyalarni avtomatik tarzda ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Mazkur ma’lumotlardan foydalanish kutilayotgan hosildorlik miqdorini aniqlash, o‘sish sur’ati ortda qolayotgan ko‘chatlarni yetkazib olish yoki unumdorligi yuqori bo‘lgan hududlarga ko‘proq e’tibor qaratib hosildorlikni oshirish, kimyoviy moddalarni zaruratdan ortiq foydalanmaslik natijasida hosilga va tabiatga zarar yetkazishning oldi olish, ortiqcha o‘g‘it sarflanmasligi natijasida xarajatlarni optimizatsiya qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanishga ko‘maklashadi.

    Shuningdek, Andijon viloyatidagi 145 ming gektar yer maydonlarining qolgan 66 ming gektaridan ortiq bog‘dorchilik, chorvachilik, sabzavotchilik, sholikorlik va baliqchilik maqsadlarida foydalaniladigan yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bosqichma-bosqich platformaga joylashtirilmoqda.

    Loyihani sentyabr oyida ishga tushirilishi bilan Andijon viloyatining barcha ekin maydonlarining tahliliy ma’lumotlarini shakllantirish va ularni yer egalariga taqdim etish imkoniyati yaratiladi.

    Loyiha doirasida kadrlar tayyorlash masalasi ham inobatga olingan bo‘lib, birinchi bosqichda joriy yil oktyabr oyida Andijon viloyatidagi IT-Parkda viloyatda joriy qilinadigan elektron platforma, “Yer axborot tizimi” dasturi va boshqa geoportallardan foydalanish bo‘yicha mutaxassislar o‘qitiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati