Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistonda mobil aloqa internet tezligi jahon reytingi bo‘yicha ko‘tarildi
    16.09.2020

    “Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi 2020 yil avgust oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Speedtest Global Index mobil aloqa Internet tezligi jahon reytingi bo‘yicha, O‘zbekiston mobil Internet tezligi natijalariga ko‘ra yana 2 ta pozitsiyaga ko‘tarildi.

    Aniqlangan Internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston hozirgi kunda 174 ta davlatlar qatorida 97-o‘rinni egallamoqda. Ta’kidlash joizki, 2019-yil avgust holatiga ko‘ra yuklash bo‘yicha aniqlangan Internet tezligi 1,5 barovar o‘sish ko‘rsatqichlarni qayd etdi –  19,49 Мbit/s. dan 29,80 Мбит/s. gacha.

    Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston  ijobiy natijalarni ko‘rsatdi. Hozirgi kunda mamlakatimiz 125-o‘rinni egalab, 2020 yil avgust  holatiga ko‘ra ikkita  pozitsiyaga ko‘tarildi.

    Ma’lumot uchun: Speedtest portali Internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal foydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va e’lon qiladi.

    Irlandiyaning Ookla kompaniyasi Internet tarmoqlarini, ilova va texnologiyalarini sinov va test o‘tkazuvchi jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri, internet tezligini test o‘tkazuvchi Speedtest portalining ixtirochisi. Speedtest portalida har yili foydalanuvchilar tomonidan 10 milliondan oshiq testlar o‘tkaziladi. Shunga tufayli kompaniya dunyo miqyosida tarmoqlarning ishlab chiqish quvvati, sifati va ommabopligi haqida batafsil va noyob ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Hozirgi holatiga ko‘ra umumjahon foydalanuvchilari tomonidan Speedtest portalida 28,2 milliardan ortiq testlar o‘tkazildi.

     

    Manba: Axborot xizmati