eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    05.09.2020

    Zoom kompaniyasining bozordagi qiymati IBM va AMD’dan oshdi

    Zoom Video Communications kompaniyasi yaqinda fond bozoriga kirib keldi. Uning aksiyalari uchun birlamchi savdolari o‘tgan yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgandi. U paytda kompaniyaning tannarxi $16 mlrd. dan oshmagan edi. Ammo joriy yil ikkinchi chorak natijalariga ko‘ra kompaniyaning aksiyalari 41% ga qimmatlashib,  $129 mlrd.gacha o‘sdi. Hozirda ZOOM  AQShning eng qimmat bo‘lgan texnologik kompaniyalari qatoriga kirdi.

     

    IDC: shaxsiy kompyuter va planshet bozorining hajmi joriy yilda o‘sib, keyinchalik pasayib ketadi

    IDC kompaniyasi shaxsiy kompyuter va planshet bozorlari bo‘yicha hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra mazkur bozorning hajmi 2020-yilda 3,3% o‘sadi, ya‘ni 425,7 mln. donagacha  sotiladi, ammo 2021-yilda 8,8% gacha pasayib ketishishi ehtimoli bor. 2021-yildan boshlab 2024-yilgacha mazkur bozorning hajmi asta sekin 2,4% gacha pasyishi kutilmoqda.

     

    Vivo o‘z korpus rangini o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etdi

    Smatrfonlarni ishlab chiqaruvchi Xitoyning Vivo kompaniyasi foydalanuvchiga o‘z xohishiga ko‘ra smartfonning rangini o‘zgartirishga yordam beradigan texnologiyani taqdim etdi. Mazkur texnologiya taxminlarga ko‘ra Vivo S7 5G smartfon rusumida ishlatilgan.

    Mazkur texnologiya elektroximizm texnologiyasiga asoslangan va elektr kuchlanishi yordamida shishaning rangini va uning tiniqlik darajasini o‘zgartirishga yordam beradi. Ta’kidlash joizki, mazkur texnologiya avtomobillar va binolar uchun “aqlli” oynalarni ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda. Mazkur texnologiya ko‘p elektroenergiyani talab qilmaydi. Shuningdek smartfonni qizib ketishi va akkumulyatorning tez tugab kolishining oldini oladi.

    Intel o‘z logotipini o‘zgartirdi

    Intel kompaniyasi o‘z logotipini o‘zgartirgani to‘g‘risida e’lon qildi. Yangi logotipda kompaniyaning ramziga aylangan ko‘k rangdan foydalanilgan, ammo kompaniyaning qator mahsulotlari logotiplari boshqa ranglarda tayyorlangan va bu ularning vizual jihatdan ravshanligini yanada kuchaytirdi.

    Aytish kerakki, logotip o‘zgartirilishi Intel tarixidagi uchunchisidir. Kompaniyaning birinchi logotipi  asos solingan davrda, ya’ni 1968 yilda paydo bo‘lgan.Birinchi marotaba Intel o‘z logotipini 2006 yilda o‘zgartirgan va 14 yildan so‘ng yana shu qarorga kelingan.

    Intel yangi logotipining taqdimotidan videosihttps://youtu.be/qCUAEDvaJsY

     

    Vokswagen AG €40 ming qyimatiga teng elektromobilni taqdim etdi

    Vokswagen AG avtomobil kompaniyasi Škoda Enyaq iV nomli elektromobilni namoyish qildi. Mazkur elektromobil 11 soniya ichida 100 km. gacha tezlikni oshira oladi va quvvati 460 km. gacha yura oladi. Elektromobilning eng yoqori tezligi soatiga 180 kmni tashkil etadi. Taxminlarga ko‘ra elektromobilning narxi €40 mingga teng bo‘ladi.

     

    Manba: Axborot xizmati