Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    02.09.2020

    JavaScript boʻyicha bepul kurslar ochiladi

    IT-Park rezidentlari — EPAM The Rolling Scopes School bilan hamkorlikda veb ilovalarni ishlab chiqishning  zamonaviy texnologiyalari va yondashuv JavaScript boʻyicha bepul onlayn-trening mashgʻulotlariga qiziquvchilarni  qabul qilishni boshladi.

    Kurs doirasida tinglovchilar HTML & CSS, JavaScrip va Front-end dasturlash jarayonlari bilan nazariy-amaliy jihatdan yaqindan tanishadi. Kurs 6 sentabr kuni start olib, 22 hafta davom etadi. Kurslarda muvaffaqiyatli ishtirok  etganlar  EPAM kompaniyasida tajriba oʻtash va u yerda ishga joylashish  imkoniyatiga ega boʻladi.

    Trening haqida batafsil oʻqish va roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://training.by/#!/Training/2582?lang=ru

     

    Entrepreneurship World Cup 2020 tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

    Entrepreneurship World Cup tanlovining milliy bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirokchilar oʻz loyihalarini namoyish qilishdi.

    Eslatib oʻtamiz, IT Park, The Global Educational & Leadership Foundation (tGELF, Hindiston) va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda Entrepreneurship World Cup 2020 (EWC) tanlovining Oʻzbekiston bosqichi uchun qabul boshlanganini eʼlon qilgan edi.

    Mazkur milliy bosqichdan oʻtgan loyihalar:

    — GameFall (OAV va oʻyin-kulgi);
    — Coozin ( EdTech / taʼlim va isteʼdod, Foodtech va Agtech);
    — RQ (Fintex);
    — Telework asia (katta hajmdagi maʼlumotlar / SA);
    — Iman (FinTex);
    — Proteus (energiya va barqarorlik);
    — Delivera (Mobillik / Transport);
    — Sogdia — sof texnologiya, Fudtex va Agtex;
    — Amaranta (qishloq xoʻjaligi) misolida oʻsimlik materiallari xom-ashyosini qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari;
    — ModMe — Big Data / AI, EdTech / Education and Talents.

    Milliy bosqich natijalariga koʻra quyidagi loyihalar gʻolib deb topildi:

     — Iman  -  Mark Zubov;
    —  Proteus  -  Neʼmatov Bobur.

    Milliy bosqich gʻoliblari oʻz yoʻnalishidagi xalqaro servislarga onlayn obuna boʻlish,  xalqaro tanlovda  ishtirok etish mkoniyati hamda  100 ming AQSh dollarini qoʻlga kiritadilar. Natijada esa ular oʻz  loyihalarini 2020-yilning oktyabr oyida global finalda taqdim etish va hamkor homiylardan bonuslar hamda maxsus takliflar koʻrinishida 1 million AQSh dollaridan ortiq pul ekvivalentida, shuningdek,  hamkorlardan maxsus takliflar , bonus koʻrinishidagi 70 million AQSh dollari miqdoridagi sovrin fondini olish imkoniyatiga ega boʻladilar.

     


    Xalqaro onlayn riteyler O‘zbekistonda o‘z servisini ishga tushiradi

    Mahsulatlarni uylarga bevosita onlayn yetkazib berishga ixtisoslashgan ZAKAZ xalqaro kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi.Hozirgi paytda kompaniya zakaz.uz saytini ishga tushirib xodimlarni jamlamoqda.

    Zakaz.uz ZAKAZ xalqaro xolding tarkibiga kiradigan bo‘lib, mazkur xolding bugungi kunda Ukraina, Rossiya Federatsiyasi va Moldovada o‘z filiallarini ochgan.

     

    Toshkentda “Yashnabod” texnoparkining yangi binosi ochildi

    Mazkur texnopark poytaxtimizning Yashabod tumanida, eski “Yangiobod” bozori hududida tashkil etilgan.

    Mazkur texnoparkning asosiy maqsadi – o‘z safiga innovatsion g‘oya va ishlanmalarga ega bo‘lgan rezidentlarni jalb qilish va ularni xalqaro innovatsion maydonlarga olib chiqishdir.

    Texnopark rezidentlari uchun soliq va bojxona hamda tayyor infratuzilmaga ega ishlab chiqarish va ofis maydonlarini ijaraga olishda imtiyozlar taqdim etiladi.

    Bundan tashqari, texnopark ilmiy ishlab chiqarish faoyliyatni va ichki va xalqaro bozorlarda kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ko‘mak beradi.

    Hozirda Yashnabod texnoparkida 32 ta resident ro‘yxatdan o‘tib, ualrning bir qismi o‘z ishlab chiqarishiga ega.


    O‘zbekiston Global Innovatsion Indeksida 30 pog‘onaga ko‘tarildi

    Butunjahon  Intellektual mulkchilik tashkiloti va Cornwell universiteti taqdiqotlariga ko‘ra O‘zbekiston qayta Global Innovatsion Indeksidan joy olgan (Global Innovation Index).

    Tadqiqotlarga ko‘ra bizning mamlakatimiz 93-pog‘onani eggaladi. Ta’kidlash kerakki, bu juda katta yutuqdir, chunki besh yil avval mazkur reytingda O‘zbekiston  122-o‘rinni egallagan edi.