Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Bu yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT-maktabda qabul jarayonlari qoldirilmaydi!
    03.09.2020

    Bugungi kunda Ommaviy axborot vositalari va, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.

    Shundan kelib chiqib, bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 3 sentyabr kuni kuni brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.

    Bu yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari bo‘ladimi? Shu maktab haqida kengroq ma’lumot berib o‘tsangiz?

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning 5-9 sinflariga o‘quvchilarni qabul qilish belgilandi.

    Hujjatlar sentyabr oyida Ixtisoslashtirilgan maktabning (ictschool.uz) rasmiy veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi;

    Imtihonlar ikki bosqichta o‘tkaziladi:

    1-bosqich: sentyabrda onlayn test sinovi o‘tkazilda;
    2-bosqich: oktyabrda ZOOM dasturi orqali onlayn suhbat o‘tkaziladi.

    Hujjatlarni qabul qilish va imtihonlar o‘tkazilish sanalariga aniqlik kiritilmoqda . Bu bo‘yicha yaqin kunlar ichida qo‘shimcha ma’lumotlar Vazirlik va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy saytlarida va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

    Ushbu maktabga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi.

    2019 yil dekabr oyida ushbu o‘quv dargohining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. Ayni paytda matematika va xorijiy tillardan muvaffaqiyatli imtihon topshirgan maktabda 549 nafar o‘g‘il-qiz 5 — 11 sinflarda ta’lim olmoqda.

    Maktab matematika, informatika, fizika va ingliz tili fanlariga ixtisoslashtirilgan bo‘lib ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi.

    Maktabi o‘quvchilariga o‘quv jarayonida olayotgan nazariy bilimlarini IT labaratoriyalardan foydalanib amalda sinab ko‘rish imkoniyatlari yaratilgan. Ular maktab davridanoq o‘zlarining loyihalarini ishlab chiqishlari mumkin. Bundan tashqari, bitiruvchilar IELTS ingliz tilidan baholash testlarini maktabni o‘zida topshirish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.

     

     

     

    Manba: Axborot xizmati