Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Airbus Defence and Space kompaniyasi ishtirokida vebinar bo‘lib o‘tdi
    28.08.2020

    2020 yil 28 avgust kuni “Yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llash” mavzuida vebinar o‘tkazildi.

    Ushbu tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohasini raqamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Q.Yuldashev ishtirok etdi.

    Ushbu vebinar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tashabbusi bilan Airbus Defence and Space (Fransiya) kompaniyasi ishtirokida tashkil etildi.

    Vebinarda o‘n beshdan ortiq vazirlik va idoralar markaziy apparati, korxonalari, tashkilotlari, institutlari, jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Qurilish vazirligi, Transport vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va boshqa tashkilotlarning rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.

    Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – respublikada Yerni masofadan zondlash texnologiyalarini qo‘llash, shuningdek, ular asosida geoaxborot mahsulotlarini ishlab chiqish, turli ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borishda hamkorlik qilish, xorijiy tajribani o‘rganishdir.

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan davrda yerni masofadan zondlash texnologiyalarini qo‘llash, shuningdek, ular asosida geoaxborot mahsulotlarini ishlab chiqish bugungi kunda dunyo mamlakatlari iqtisodiyotini rivojlantirishning va insoniyat faoliyatining turli jabhalariga raqamli texnologiyalarni joriy etishning kuchli vositasidir.

    Ushbu texnologiyalarni iqtisodiyotning turli sohalariga joriy etish va ularni rivojlantirishga O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan katta e’tibor qaratilgan.

    Yerni masofadan zondlash texnologiyalari va geoaxborot tizimlari O‘zbekiston Respublikasining bir qator vazirlik va idoralari faoliyatida ma’lum darajada qo‘llanilmoqda.

    Shu bilan birga, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining tezkorligini, sifatini va samaradorligini oshirish uchun geoaxborot tizimlarini yanada kengroq joriy etish va foydalanishga katta ehtiyoj mavjud.

    Tadbirda ushbu yo‘nalishda dunyoning yetakchilaridan biri bo‘lgan Airbus Defence and Space kompaniyasining mutaxassislari tomonidan innovatsion texnik va dasturiy vositalarni ishlab chiqish, joriy etish va foydalanish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba asosida tegishli tavsiyalar berildi.

    Vebinar davomida turli mamlakatlarda amalga oshirilgan qator loyihalardan misollar ko‘rsatildi, yerni masofadan zondlash texnologiyalari va geoaxborot tizimlarini turli sohalarda joriy etish va ulardan amaliy natijalar olishning o‘ziga xos jihatlari yoritib o‘tildi.

    Vebinar natijalari bo‘yicha qatnashchilarda yerni masofadan zondlash texnologiyalari va geoaxborot tizimlarini turli sohalarda qo‘llash samaradorligini, shuningdek, ularni joriy etishning texnologik va iqtisodiy jihatlarini yanada chuqurroq tushuncha shakllandi.

    Manba: Axborot xizmati