Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    26.08.2020

    Nanodegree grantlari uchun yakuniy imtihon One Million Uzbek Coders loyihasi doirasida 1 sentyabrda o‘tkaziladi

    Barcha One Million Uzbek Coders loyihasining ishtirokchilariga eslatib o‘tamiz, joriy yil 1-sentyabr kuni Nanodegree grantlari uchun yakuniy imtihon bo‘lib o‘tadi. Shuning uchun barcha vazifalaringizni tugatib, laboratoriya ishlarini topshirib Udacity Nanodegree granti uchun boʻladigan imtihondan ikki kun oldin sertifikatlaringizni qoʻlga kiritishga ulgurish lozim.

    Yakuniy imtihonni topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish oxirgi muddati2020 yil 29-avgust.

    Udacity Nanodegree granti o‘zi nima? Udacity Nanodegree “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida bepul tarzda oʻqishni davom ettirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Udacity dasturi doirasidagi Nanodegree kursi 3 oy davom etadi va uni muvaffaqqiyatli yakunlaganlar nanodiplomini (Nanodegree) qo‘lga kiritishlari mumkin. Mazkur diplom yirik IT-kompaniyalar — Google, AT&T, Autodesk, Cloudera, Salesforce va boshqa kompaniyalar tomonidan tan olinadi.

     

    “Alibaba GET Global Challenge 2020” tanlovining Oʻzbekistondagi finalchilari aniqlandi

    Tanlovda ishtirok etish maqsadida Oʻzbekiston boʻylab 109 ta ariza qabul qilingan. Saralash yakuniga koʻra, 3 ta loyiha final bosqichiga oʻtdi:
     

    • Coozin asosiy maqsadi Oʻzbekistondagi mavjud ishsiz va muhtoj ayollarga yordam koʻrsatishga qaratilgan. Coozin ayollar bandligini sezilarli oshirish, shuningdek, “boquvchisini yoʻqotgan” xotin-qizlarga yordam berishni qaratilgan;
    • Modme — bu b2b platformasi boʻlib, oʻquv muassasalariga bir vaqtning oʻzida ham onlayn, ham oflayn ishlashga yordam beruvchi aralash taʼlimni tashkil etishda koʻmaklashadi.
    • OSTO — Oʻzbekistondagi kosmetika va xoʻjalik tovarlari, urfdagi va zamonaviy kiyim-kechaklarga ixtisoslashgan chakana savdo doʻkonlari savdo-sotiq maydonchasidir. OSTO mijozlar uchun eng yaxshi koʻrinishga ega, hamda sifatli xizmatlarni  taqdim etadi.

     

    Alibaba GET Global Challenge 2020” — bu Alibaba kompaniyasi tomonidan butun dunyo yoshlari uchun pandemiya oqibatlarini yengillatish va kundalik hayotning barcha sohalarida yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan tanlov.

    Tanlovning maqsadi —  inklyuziv rivojlanishga koʻmaklashish, yoshlar va tadbirkorlar imkoniyatlarini kengaytirish va ularni ruhlantirish, shuningdek, tashkilotlar, tarmoqlar va jamiyatlarning raqamli transformatsiyasini ragʻbatlantirishdan iborat.

    Xalqaro tanlovning  golibi - $14 ming hamda Alibaba bosh ofisiga tashrif buyurish va uning faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

     

    Davlat soliq qo‘mitasi fuqarolar uchun qo‘shilgan qyimat solig‘ini  qoplash bo‘yicha Telegram botni yaratdi

    Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qo‘shilgan qyimat solig‘i summasini qoplash (qaytarish) bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan soliq to‘lovchilar uchun Telegram-botni ishga tushirdi.

    Fuqarolar o‘z murojaatlarini va shikoyatlarini hamda takliflarini @qqs_qaytarish_botga yuborishi mumkin.

    QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) yangi qoidaga ko‘ra, soliq to‘lovchi hisobiga olingan joydagi davlat soliq boshqarmasi tomonidan yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha esa Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi qarori asosida amalga oshiriladi.

     

    O‘zbekistonda davlat xaridlarini amalga oshirish uchun yana bir elektron platforma ishga tushirildi

    Elektron konkurs va elektron tenderlarni tashkil etishga mo‘ljallangan  tender.mf.uz elektron platformasi yaratildi.

    Eslatib o‘tamiz, bugungi kungacha elektron konkurs va elektron tenderlarni tashkil etish bo‘yicha ishlarni O‘zbekiston respublikasi tovar xomashyo birjasi olib borgan. Endi esa  xaridorlar va ta’minotchilar ikkita tizimning imkoniyatlarini solishtirib o‘zi uchun qulay elektron platformani tanlashi mumkin.

     

     

    Birinchi mahalliy raqamli bankka litsenziya berildi

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan birinchi mahalliy raqamli bank — “Anorbank” AJ ga litsenziya berildi.

    “Anorbank” AJ filial va bo‘linmalarni ochmasdan o‘z faoliyatini raqamli shaklda amalga oshiradi. Ya’ni, bank xizmatlari onlayn tarzda ko‘rsatiladi. Bu esa, o‘z navbatida operatsion xarajatlarini kamaytiradi va iste’molchi uchun bank mahsulotlarining narxini pasaytirishga yordam beradi. Bank va iste’molchi o‘rtasidagi barcha masalalar 24 soat ishlaydigan kontakt markazi orqali hal qilinadi.

    Bankka tashrif buyurishni xohlagan iste’molchilar uchun Mirzo-Ulug‘bek tumanida mijozlar bilan ishlash  markazi xizmat ko‘rsatadi.

     

    Manba: Axborot xizmati