eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    17.08.2020

    Toshkent shahridagi Amiti universitetiga uchinchi kirish imtihonlari 25-26 avgust kunlari onlayn tarzda o‘tkaziladi

    Toshkent shahridagi Amiti universitetiga uchinchi kirish imtihonlari 25-26 avgust kunlari onlayn tarzda ham o‘tkaziladi. Eslatib o‘tamiz, avval kirish imtihonlari 1-2 iyul va 30-31 iyul kunlari o‘tkazildi.

    Kirish imtihonlari jarayonlarini o‘tkazishda sun’iy intellekt texnologiyalariyadan foydalanildi. Ta’kidlash kerakki, mazkur texnologiya O‘zbekistonda ilk marotaba va aynan Toshkent shahridagi Amiti Universitetida qo‘llanildi.

    Imtihonlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

    Xalqaro tayyorgarlik kursi (International Foundation)

    Bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha:

    Magistratura yo‘nalishi bo‘yicha:

    • Axborot texnologiyalari (Bachelor of Science in Information Technology);
    • Kompyuter texnologiyalari va injiniring (Computer Science & Engineering);
    • Biznes-boshqaruv (Bachelor of Business Administration);
    • Iqtisodiyot (Bachelor of Arts (Honours) Economics
    • Turizm (Bachelor of Arts (Tourism Administration)

    Magistratura yo‘nalishi bo‘yicha:

    • Axborot texnologiyalari (Master of Science in Information Technology);
    • Biznes-boshqaruv (Master of Business Administration)

    Muhim ma’lumot: arizalar 20 avgustgacha qabul qilinadi.

     

    "mGovAward" tanlovining yarim final bosqichi bo‘lib o‘tadi

    Joriy yil 19 avgust kuni onlayn tarzda mGovAward tanlovining yarim final bosqichi bo‘lib o‘tadi

    Unda 18 jamoa oʻz mobil ilovalarini namoyish qilish uchun mahalliy mutaxassislar va BAAlik ekspertlar oldida chiqish qilishadi. Taqdimotlar yakuniga koʻra, ekspertlar 7 ta finalchi jamoani tanlab oladilar, shundan soʻng 3 ta gʻolibni aniqlash uchun onlayn ommaviy ovoz berish jarayoni boshlanadi.

    Demo Day yarim final bosqichi onlayn rejimda Toshkent vaqti bilan soat 10:30 da Zoom orqali boʻlib oʻtadi. Jamoa ishtirokchilarining taqdimotlarini jonli efir orqali IT-Park rasmiy Youtube kanalida kuzatishingiz mumkin: https://clck.ru/N7sXL.

    Eslatib o‘tamiz, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun eng yaxshi va samarali mobil ilovasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan «mGovAward» respublika ko‘rik-tanlovi O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida o‘tkaziladi. Tanlovning maqsadi nafaqat dolzarb va amaliy jihatdan samarali mobil ilovalarni ishlab chiqish, shu bilan birga yoshlarni davlat qurilishi jarayonlariga va ijtimoiy hayotga keng jalb qilishdir. Tanlovning muhim shartlaridan biri — unda faqatgina jamoa ishtirok etishi mumkin.

    Mazkur tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yichi o‘tkaziladi: ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm va madaniyat, tadbirkorlik, transport va logistika. G‘oliblarga birinchi o‘rin uchun $50 ming, ikkinchi o‘rin uchun $30 ming, uchinchi o‘rin uchun esa $20 ming miqdoridagi mukofotlar topshishiriladi.

     

    “Toshshahartransxizmat” AJ va 2GIS birgalikda Toshkent shahar jamoat transportini monitoring qiladi

    Toshshahartransxizmat” AJ va 2GIS kompaniyasi Toshkent shahri jamoat transportini tashkillasthirish bo‘yicha birgalikda ish olib borish to‘g‘risida kelishuvni imzolashdi.

    Unga asosan yo‘lovchi transportini monitoringini o‘tkazilishi, jumladan marshrutlar sxemasini aks ettirish, transport vositalarining yurish jadvali va ularning hozirgi joylashuvini ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

    2GIS kompaniyasining xaritachilari bilan hamkorlikda Toshkent xaritasiga barcha yangilangan avtobus marshrutlari joylashtirildi. 2GIS foydalanuvchilari yangi jamoat transporti marshrutlarini ko‘rishga ega bo‘lib, ularning harakatlarini onlayn rejimida kuzatishlari mumkin.

     

    O‘zbekistonda ayollarning axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan "Tumaris Tech" loyihasi ishga tushirilmoqda

    IT-Park USAID bilan hamkorlikda mamlakatda ayollarning axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan "Tumaris Tech" loyihasini ishga tushirmoqda. Loyiha doirasida ayollar oʻz IT startap loyihalarini rivojlantirish uchun koʻmak olishlari mumkin boʻladi. Aniqrogʻi, loyihalar inkubatsiya va akseleratsiya dasturlaridan oʻtadi. Eng muvaffaqiyatli gʻoyalar moliyalashtirishga ega boʻlishi mumkin.

     

    O‘zbekiston dasturchilari dasturlash bo‘yicha Yandex Cup musoboqasida ishtirok etishlari mumkin

    Yandex kompaniyasi dasturlash bo‘yicha Yandex Cup musoboqasida ishtirok etuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi $45 mingni tashkil etadi. Tadbirda 18 yoshgacha bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin. 

    Mazkur musobaqa 6 ta yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:

    • Frontend dasturlash:
    • Backend dasturlash;
    • Mobil dasturlash;
    • Mashina o‘rgatish;
    • Algoritm;
    • Tahlil qilish.

    Musobaqada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati 25-oktybrgacha davom etadi.

    Kuchli 20-talikka kirgan g‘olib va dasturchilar Yandex'ga ishga kirish uchun soddalashgan, kamroq bosqichlarga ega sxema orqali tanlab olinadi.

     

    Manba: Axborot xizmati