Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbektelekom” AK mobil aloqa tarmoqlarini modernizatsiyalash loyihasini yakunladi
    07.08.2020

    “O‘zbektelekom” AK respublika miqyosida keng ko‘lamli mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish va modernizatsiya qilish yuzasidan keng ko‘lamdagi loyihani yakunladi.

    Natijada mamlakatning barcha hududlarida 3 mingdan ziyod baza stansiyalar yangilanib modernizatsiya qilindi. Modernizatsiya ishlari hamma joyda qamrovni sezilarli darajada oshirishga va 4G LTE texnologiyasidan foydalanish imkonini taqdim etdi.

    2020 yil boshida “O‘zbektelekom” AK respublikaning barcha hududlarida 3G/4G texnologiyalari bo‘yicha mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish va modernizatsiya qilish yuzasidan keng ko‘lamdagi loyihani amalga oshirishni boshladi.

    Ushbu loyihaning maqsadi — UZTELECOM operatorining mobil aloqa abonentlariga, ayniqsa, mamlakatimizning eng chekka va uzoq hududlarida istiqomat qiluvchi aholi uchun mobil internet xizmatlaridan foydalanish tezligi va foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirish maqsadida, barcha mavjud baza stansiyalarni ularning joylashuvidan qat’i nazar, 3G va 4G LTE standartlarigacha modernizatsiyalashdan iboratdir.

    Ta’kidlash joizki, karantin davrida tarmoqni yangilash, kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlari barcha zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirildi.

    Manba: Axborot xizmati