Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    03.08.2020

    O‘zbekistonda muhandislik loyihalashtirish va robototexnika bo‘yicha "Future Skills Uzbekistan" respublika onlayn tanlov o‘tkaziladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi IT-Park, Artel Group, RevoTech, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorlikda "Future Skills Uzbekistan" respublika onlayn tanlovini o‘tkazadi.

    Tanlov muhandislik loyihalashtirish va robototexnika bo‘yicha boʻlib oʻtadi. Tanlov ishtirokchilari  o‘z loyihalarini quydagi yo‘nalishlari bo‘yicha taqdim etishlari lozim:

    Muhandislik loyihalashtirish yoʻnalishlari;

    • Sanoatni avtomatlashtirish;
    • Qishloq xoʻjaligini (agrosanoat kompleksi) avtomatlashtirish;
    • Logistikani avtomatlashtirish;
    • Mashinasozlik;
    • Avtomobilsozlik;
    • 3D modellashtirish va prototiplashtirish.

    Robototexnika yoʻnalishlari:

    • Tibbiyot robotlari;
    • Maishiy robotlar;
    • Manipulyatorlar;
    • Androgen robotlar;
    • Robosimulyatorlar.

    Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi. Birinchisi – saralash bosqichi, 2020-yilning 15-avgustidan 15-sentyabriga qadar, ikkinchisi –  final bosqichi, 2020-yilning 18-sentyabridan 20-sentyabrga qadar oʻtkaziladi.

    Tanlovda 30 yoshgacha boʻlgan istalgan shaxs qatnashishi mumkin.

    Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish sanasi – 2020 yil 14 avgustgacha. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/R2bYPGscjxDDyWPv6

    Tanlov haqida batafsil maʼlumot: https://futureskills.uz/

     

    TATU talabalari Big Idea Challenge Uzbekistan tanlovining g‘oliblari bo‘ldi

    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari — Yulduz Abriyeva, Abdulboriy Alimov, Sukhrobbek Khakimov Big Idea Challenge Uzbekistan xalqaro tanlovi g‘oliblari safiga kirishdi. Mazkur tanlovda ular o‘z Tabiat tomon qadam qo‘yishnomli loyihasi bilan ishtirok etishdi. Loyiha g‘oyasi — standart dvigatelga ega avtomobillarni elektron avtomobilga aylantirish. 

    Britaniya Kengashi va London Metropolitan Universiteti tomonidan tashkil etilgan Big Idea Challenge xalqaro tanlovi va Creative Spark global dasturida ishtirok etayotgan yoshlarga o‘zining ilg‘or g‘oya bilan o‘rtoqshlashga imkon yaratadi.

     

    IT-Park MOST biznes inkubatori bilan hamkorlikda akseleratsiya dasturini ishga tushurdi

    Dasturiy maxsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) Markaziy Osiyodagi birinchi xususiy biznes inkubatori bilan birga Markaziy Osiyo davlatlari uchun Investment Readiness Accelerator nomli akseleratsiya dasturini ishga tushurdi.

    Investment Readiness Accelerator – bu Markaziy Osiyodagi mentor-investorlar, venchur fondlari spikerlari va biznes-angellari koʻmagida startaplarga investitsiya jalb qilish boʻyicha oʻziga xos dastur hisoblanadi. Dasturda Markaziy Osiyo (Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston) davlatlaridan boʻlgan texnologik startaplar ishtirok etishlari mumkin.

    Arizalar qabul qilish oxirgi sanasi — 2020 yil 7-avgust kuni. Dastur 21-avgustdan boshlab ishga tushuriladi.

    Akseleratsiya dasturi to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotni quydagi havola orqali olish mumkin: http://www.most.com.kz/ira2020

    Akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.

     

    O‘zbekiston startap bozorini o‘rganish bo‘yicha Startup Indicator 2020 natijalari e’lon qilindi

    O'zbekiston Venchur Investitsiyalar Assotsiyatsiyasi Sturgeon Capital investitsion jamg‘armasi, IT-Park Uzbekistan, АTБ “Universal Bank” va “Centil Law” yuridik firmasi O‘zbekiston startap bozorini o‘rganish bo‘yicha Startup Indicator 2020 tadqiqotlarini o‘tkazdi.

    Tadqiqotda 120 dan ortiq mahalliy startaplar ishtirok etib, quydagi natijalarga erishildi:

    • Startaplarning 80 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan yaratildi;
    • Gender tengligi bo‘yicha erkaklar ustunlik qiladi. 100 startap loyhalar qatorida atigi uchtasi ayollar tomonidan ixtiro qilingan;
    • Startaplarning 56 foizi Toshkent shahrida joylashgan;
    • Startap loyhalarning 83 foizi oxirgi 1,5 yil ichida ishga tushirilgan;
    • Tarmoqlar kesimida 30 foiz startaplari elektron tijorat (E-commerce), 27 foizisavdo maydonlari ( Marketplace), 24 foizitibbiyot sohasi (MedTech), 18 foizita’lim (EduTech), 15 foizibiznesni boshqarish (ERP), 15 foizidavlat xizmatlarini avtomatlashtirish sohalarida amalga oshirilmoqda.

    Tadqiqot bilan batafsil quydagi havola tanishish mumkin.

     

    Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari NovAssistant nomli universal robot-assistentni ixtiro qilishdi

    Ixtirochilar ta’kidlaganidek, robot-assistant turli sohalarida, jumladan, tibbiyot, ta’lim, turizm sohalarida qo‘llanilishi mumkin. Robot nafaqat muloqotda bo‘lish, emotsiyalarni ham ko‘rsatish xususiyatlarga ega.

    Robotni ilova yoki ovoz orqali boshqarish mumkin. Robot egasi ixtieriga ko‘ra robot noyob qiyofasini yaratish va boshqa qo‘shimcha funksiyalar bilan boyitish mumkin — sun’iy intellect, yuzni aniqlash texnologiyasi, xonadagi asboblarni boshqarish.

    Yana bir muhim jihat va afzalligi — mahalliy robot narxlarning hamyonbopligi. Agarda chet el davlatlarida bunday robotlarning narxi 180 mln. so‘mdan oshadigan bo‘lsa, bizning mahalliy analogimiz konfiguratsiyaga qarab 24-25 mln. so‘m atrofida sotiladi. 

     

     

    Manba: Axborot xizmati