Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Raqamli Toshkent” fuqarolar manfaatlari uchun yaratiladi
    03.08.2020

    Bugun jahonda yangi, zamonaviy tendensiya vujudga keldi: endilikda raqamli texnologiyalar megapolislardagi aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilmoqda.

    McKincey Instituti tahlillariga ko‘ra, 2020 yilda dunyo xaritasida qariyb 600 ta “raqamli shahar” paydo bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra 2025 yilga borib “raqamli shahar”larning bozor qyimati $2 trln. dan oshib ketadi.

    Masalan, SingapurdaSmart nation” deb nomlangan dastur ishga tushurilgan. Dasturga ko‘ra iqtisodiyot ham, jamiyat ham hatto hukumat ham raqamlashtirilishi zarur. Shu tariqa raqamli texnologiyalar barcha sohalarga kirib borgan va singapurliklar hayotining bir qismiga aylangan. Xususan, Singapurda transport oqimini boshqarishni kompyuterlashtirilgan tizimi xaydovchilarga bir yilda 60 soatni tejash imkonini beradi. Xorij tajribasidan anglash mumkinki, “raqamli shahar” dasturi megapolislarni modernizatsiya qilish, shu hudud aholisining turmush darajasini yanada yahshilash, shu bilan birga iqtisodiy samardorlik hamda barqaror rivojlanishning muhim mezoni hizoblanadi.

    Endilikda joriy yildan boshlab poytaxtimiz Toshkent shahrida ham mutlaqo yangicha shakldagi “Raqamli Toshkent” konsepsiyasi hayotga tatbiq etiladi. Xo‘sh, “Raqamli Toshkent” qanday bo‘ladi? “Raqamli Toshkent” tizimidagi loyihalar odamlar hayotiga qanday yangiliklar olib kiradi? Ishonch bilan aytish mumkinki, ushbu Dastur xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ladi.

    Misol uchun, joriy yilda “Raqamli Toshkent” dasturi doirasida transportga chiptalarni onlayn sotib olish, maktablarda onlayn jurnal va kundaliklar, kommunal xizmatlari uchun onlayn to‘lovlar va “Yagona elektron tibbiy karta” yagona tizimi joriy etiladi.

    “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi loyihasining buyurtmachisi Toshkent shahar hokimligi hisoblanadi. “Raqamli Toshkent” kompleks dasturining asosiy maqsadi — mana shu kungacha biron bir masala yoki biron bir holat yuz berganda, uning sabablari o‘rganilib, unga yechim topish. Mazkur “Raqamli Toshkent” dasturi doirasida Toshkent shahar hokimligi Axborot-tahlil markazi yaratiladi. Axborot tahlil markazida vazirlik va idoralardan kelayotgan ma’lumotlarni tezkorlik bilan jamlab, oldindangi holatini bilish va unga tezkor choralar ko‘rish uchun imkoniyat yaratiladi. Sodda qilib aytganda, davlat organlaridagi hozirgi fuqarolarga ko‘rsatayotgan xizmatlarni raqamlashtirib, yagona tizimga keltirib soddalashtirilgan, qulay holda taqdim etish imkonini yaratib beradi.

    “Raqamli Toshkent” geoaxborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish  tizimli  amalga oshiriladi. Bunda barcha tashkilotllarga oid ma’lumotlarni bilish, undan foydalanish imkonini beradi. Shu kun barobarida dastur tomonidan sohalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar monitoring qilib ham boriladi.

    “Raqamli Toshkent” geoaxborot tizimining yahshi jihati shundaki, tizim avvalo fuqarolar uchun qulaylik beradi. Masalan, qaysi tarmoqdan qancha qarzi bor, biron tashkilotga qilgan murojaati qanchada hal bo‘lishi ma’lumotlarni bilishi, shuningdek, yo‘l transportida va boshqa tarmoqlardagi mavjud muammolarni ushbu geoaxborot tizimiga joylash imkoni ham bor.

    “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida “Mening uyim” axborot tizimi yaratiladi. Mazkur axborot tizimi yaratilganidan keyin ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Hozirda har bir soha tizimida alohida billing tizimlari mavjud bo‘lib, ularga alohida murojaat qilish kerak. “Mening uyim” axborot tizimi esa vaqtdan yutish imkonini beradi va yanada qulaylik yaratadi.

    “Raqamli Toshkent” loyihasini amalga oshirish doirasida yana bir yirik maqsad oldinga qo‘yilmoqda: yil yakuniga qadar Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarni joriy etish va barcha vazirlik va idoralardagi axborot tizimlarini bir joyga to‘plash, integratsiyalash va butun respublikada izchillik bilan raqamlashtirihs ishlarini davom ettirish. 

    Eng asosiysi, “Raqamli Toshkent” dasturi vazirlik va idoralar uchun emas, balki fuqarolar manfaatlari uchun yaratiladi. Mutaxassislarning ta’kidlashisha, ushbu tizimning ishga tushishi bir qator yengillik va qulaylik beradi, shuning barobarida barcha tashkilot va idoralarning ish faoliyati shaffofligini ham ta’minlab beradi. Eng muhimi, jahon tajribasida yuqori samaradorlikka erishilgan “raqamli shahar” konsepsiyasi Toshkentning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan yuksalishi uchun muhim turtki bo‘ladi.

    Bularning barchasi “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan tayyorlangan maxsus reportajda tahlil qilingan. Mazkur reportajni Youtube kanalimizda quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin.

    Manba: Axborot xizmati