Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Bu yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT-maktabda pandemiya sababli qabul jarayoni keyingi yilga qoldirilishi mumkin
    27.07.2020

    Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.

    Shundan kelib chiqib, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 27 iyul kuni o‘tkazilgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.

    Bu yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari bo‘ladimi? Shu maktab haqida kengroq ma’lumot berib o‘tsangiz?

    Bu yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda pandemiya sababli 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari o‘tkazish tartibini aniq belgilash imkoniyati bo‘lmayotganligi sababli, bu yilgi qabul jarayoni keyingi yilga qoldirilishi mumkin!

    Agarda ushbu jarayonda o‘zgartirishlar yuzaga kelganda albatta rasmiy ma’lumotlar, ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-saytimiz orqali ma’lumotlar tarqatiladi.

    Ushbu maktabga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentyabrdagi qaroriga muvofiq, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi.

    2019 yil dekabr oyida ushbu o‘quv dargohining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. Ayni paytda matematika va xorijiy tillardan muvaffaqiyatli imtihon topshirgan maktabda 680 nafar o‘g‘il-qiz 5 — 11 sinflarda ta’lim olmoqda.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 5-sinfdan o‘quvchilar qabul qilinadi.

    Maktab matematika, informatika, fizika va ingliz tili fanlariga ixtisoslashtirilgan bo‘lib ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi.

    Maktabi o‘quvchilariga o‘quv jarayonida olayotgan nazariy bilimlarini IT labaratoriyalardan foydalanib amalda sinab ko‘rish imkoniyatlari yaratilgan. Ular maktab davridanoq o‘zlarining loyihalarini ishlab chiqishlari mumkin. Bundan tashqari, bitiruvchilar IELTS ingliz tilidan baholash testlarini maktabni o‘zida topshirish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.

     

    Manba: Axborot xizmati