Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbekiston pochtasi” AJ havo transporti orqali yuk tashuvchi aviakompaniyalar bilan xalqaro pochta jo‘natmalarini dunyoning 35 ta mamlakatlariga yetkazib bermoqda
    27.07.2020

    Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.

    Shundan kelib chiqib, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 27 iyul kuni o‘tkazilgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.

     

    Pochta jo‘natmalarini olish va yuborishda o‘z vaqtida manzillariga yetib bormaslik xolatlari kuzatilmoqda. Hozirgi vaqtda Xalqaro pochta jo‘natmalarini tashish uchun havo transportida yuborish va qabul qilish bo‘yicha ma’lumot berib o‘tsangiz?

    Xabaringiz bor, Yurtimizda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqti 16 martdan boshlab “O‘zbekiston pochtasi” pochta jo‘natmalarini yer usti transporti orqali boshqa davlatlarga yuborayotgan edi. Shu vaqtlarda pochta jo‘natmalarini olish va yuborishda o‘z vaqtida manzillariga yetib bormaslik xolatlari kuzatilgandi.Ushbu kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilgan edi.

    Shuni aytishimiz mumkinki hozirgi vaqtda “O‘zbekiston pochtasi” AJ, Havo transporti orqali yuk tashuvchi aviakompaniyalar bilan xalqaro pochta jo‘natmalarini dunyoning 35 ta mamlakatlariga yetkazib bermoqda.

    Xalqaro pochta jo‘natmalari yuk tashuvchi havo transportida yuborilishi munosabati bilan, yangi “Extra” tarifi asosida qabul qilinmoqda.

    Shuningdek, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan 32 ta davlatga faqat yer usti transporti yo‘nalishida xalqaro pochta jo‘natmalari yetkazib berilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati